Jahon

Tehronda havo ifloslanishi ortidan maktablar yopildi

Agar poytaxtda havo sifati yaxshilanmasa, cheklov yanada kuchaytirilishi kutilmoqda.

Tehronda havo ifloslanishi ortidan maktablar yopildi

Tehron shahrida havo judayam ifloslangani tufayli maktab va universitetlar yopilgan hamda masofaviy taʼlim rejimi joriy qilingan. Bu haqida mahalliy nashrlar xabar bermoqda.

 

Shuningdek, favqulodda, tibbiyot, operatsiya, harbiy va huquqni muhofaza qilish xizmati xodimlaridan tashqari, davlat va xususiy sektor xodimlariga uydan turib ishlash imkoniyati berilgan.

 

Bundan tashqari, Tehron va uning atrofida soat 06:30 dan 20:30 gacha transport harakati cheklangan. Yuk tashuvchi transport vositalarining harakati taqiqlangan, faqat tez buziluvchi mahsulot yoki yoqilg‘i tashuvchi transportlar uchun istisno qilingan.

 

Qayd etilishicha, agar Eron poytaxtida havo sifati yaxshilanmasa, cheklov choralari yana-da kuchaytirilishi va uning amal qilish muddati uzaytirilishi mumkin.

custom img

Istanbulda o'ldirilgan o‘zbekistonlik Sayyora uchun g‘oyibona janoza o‘qildi

Marosimda marhumaning ota-onasi hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

custom img

Qozog‘istondagi kafeda gaz portlashi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi

O't o'chiruvchilar yonayotgan binodan sakkizta gaz ballonini olib chiqishgan.

custom img

Pokiston Afg‘onistonga ochiq urush e'lon qildi

Har ikki tomondan ham ko‘plab qurbonlar bor. Tahlilchilar voqeani ikki qo‘shni davlat o‘rtasidagi so‘nggi o‘n yillikdagi eng yirik keskinlashuv deb baholamoqda.

custom img

2025-yilda dunyo bo‘ylab rekord darajada jurnalistlar o‘ldirildi — CPJ

104 nafar jurnalist harbiy mojaro hududida o‘ldirilgan, 86 nafari Isroil mudofaa kuchlariga to‘g‘ri keladi.

custom img

Xo‘jali genotsidi: tarix sabog‘i va adolat talabi

Xo‘jali qirg‘ini Armaniston tomonidan uzoq yillar davomida Ozarbayjon Respublikasiga qarshi olib borilgan etnik tozalash va tajovuz siyosatining tarkibiy qismi bo‘lgan. Qirg‘in vaqtida 613 nafar kishi, jumladan 106 nafar ayol, 63 nafar bola va 70 nafar keksalar o‘ldirilgan, turli yoshdagi 1 000 nafar tinch aholi o‘q jarohatlari natijasida nogiron bo‘lib qolgan.

custom img

Epshteyn fayllarida Trampga aloqador hujjatlar yo‘qolgan — CNN

Yo‘qolgan hujjatlar orasida Trampni jinsiy tajovuzda ayblovchi guvoh bilan bog‘liq 3 ta intervyular bo‘lgan.

custom img

AQSh Isroilga F-22 qiruvchi samolyotlarini joylashtirmoqda

Dastlab 12 ta samolyot yuborilgan, ammo ulardan biri texnik nosozlik sababli qaytib kelgan.

custom img

Urush meni “do‘stlari yo‘q inson”ga aylantirdi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti urush sharoitida faqat muhim va strategik masalalarga eʼtibor qaratishga majbur bo‘lganini taʼkidladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Tehronda havo ifloslanishi ortidan maktablar yopildi