O'zbekiston

Toshkentda ota farzandiga aliment evaziga uy berdi

Shu tariqa ijro hujjati amalda tamomlangan.

Toshkentda ota farzandiga aliment evaziga uy berdi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida ota 2036 yilgacha bo‘lgan aliment miqdori evaziga 2 xonali xonadon hadya qildi. Bu haqida MIB axborot xizmati xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, Majburiy ijro byurosining Chilonzor tumani bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor M.B.dan undiruvchi R.S.ning foydasiga 1/4 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.

 

Qarzdor erkak, 2023 yilning noyabr oyiga qadar bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy taʼminoti uchun aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lab kelgan. Biroq, 2023 yilning dekabr oyidan 2025 yilning oktyabr oyiga qadar aliment pullarini to‘lamagani oqibatida katta miqdordagi qarzdorlik vujudga kelgan.

 

Shundan so‘ng, Byuroning tuman bo‘limi davlat ijrochisi S.Jo‘rayev tomonidan 16.10.2025 yilda qarzdorga tegishli bo‘lgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida, “MIB Portal” elektron dasturi orqali tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilib, qarzdorga tegishli bo‘lgan 2 ta avtotransport vositasi aniqlangan va tegishli tartibda band solingan.

 

Bundan tashqari, qarzdor otaga nisbatan 17.10.2025 yilda “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 421-moddasi bilan O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqishini vaqtincha cheklash to‘g‘risida qaror qabul qilinib, taqiq qo‘yilgan.

 

Ijro harakatlari davomida, qarzdorning aliment to‘lovidan bo‘lgan qarzdorligi O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 99,140-moddalariga asosan hisoblanganda joriy yilning 10.11.2025 kuniga qadar jami 40.000.000 so‘mni tashkil etgan.

 

Majburiy ijro harakatlari davomida, 10.11.2025 yilda qarzdor ota bir nafar voyaga yetmagan farzandi uchun 2036 yilgacha bo‘lgan miqdor evaziga 2 xonali xonadon hadya qildi. Mazkur ijro hujjati amalda tamomlandi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Toshkentda ota farzandiga aliment evaziga uy berdi | Zamon.uz