O'zbekiston

O‘zbekistonda “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” ijtimoiy-ma’rifiy tadbirlari boshlandi

Ayollarni himoya qilish, reabilitatsiya va huquqiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mavjud xizmatlar jurnalistlarga tanishtirildi.

O‘zbekistonda “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” ijtimoiy-ma’rifiy tadbirlari boshlandi

Bugun ayollarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha mamlakatda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan jurnalistlar va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi.

 

Ma’lumki, 25 noyabr — Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni. Ushbu sana 1999 yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan ayollarga qarshi tazyiqlarga e’tiborni kuchaytirish va profilaktika choralarini samarali tashkil etish maqsadida ta’sis etilgan.

 

Shu munosabat bilan O‘zbekistonda “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” ijtimoiy-ma’rifiy tadbirlari boshlandi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi tomonidan press-tur davomida mavjud tizimlar tanishtirildi.

 

Markazlarda ayol va qizlarga kasb-hunar o‘rgatish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, hozirda IT, pishiriqchilik, chevarchilik, bolalar massaji, ayollar sartaroshligi kabi yo‘nalishlarda o‘qitish amalga oshirilmoqda. Ishtirokchilarga tadbirkorlik va moliyaviy savodxonlik bo‘yicha ham qo‘shimcha ko‘nikmalar berilmoqda.

 

Zo‘ravonlikdan jabrlanganlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida birlamchi ko‘mak xonalari tashkil etilgan. Bu yerda ayollar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga shoshilinch tibbiy, psixologik, huquqiy va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladi. Agar chuqur reabilitatsiya zarur bo‘lsa, ular tegishli markazlarga yo‘naltiriladi.

 

Shuningdek, ijtimoiy xizmatlar to‘liq raqamlashtirilgani qayd etildi. Yangi elektron modul orqali himoya orderlari va jabrlanuvchilar haqidagi ma’lumotlar “Inson” markazlariga real vaqt rejimida yetkazilmoqda. Bu tizim yordamga muhtojlarni tezkor aniqlash va zarur xizmatlarni o‘z vaqtida ko‘rsatish imkonini bermoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekistonda “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” ijtimoiy-ma’rifiy tadbirlari boshlandi | Zamon.uz