Jahon

Italiyada ayollarni o‘ldirish jinoyati uchun umrbod qamoq jazosi belgilandi

2023–2024-yillarda ko‘paygan ayolllarning o‘ldirilishi holatlari fonida qabul qilindi.

Italiyada ayollarni o‘ldirish jinoyati uchun umrbod qamoq jazosi belgilandi

 

Italiya parlamenti ayollarga nisbatan zo‘ravonlikni keskin kamaytirishga qaratilgan yangi qonunni qabul qildi. Mazkur hujjat mamlakat tarixida ilk bor ayolni jinsiga ko‘ra qasddan o‘ldirish — femitsidni alohida turdagi jinoyat sifatida tasniflaydi va ushbu jinoyat uchun umrbod qamoq jazosini belgilaydi.

 

Qonun loyihasi Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni arafasida ko‘rib chiqildi va parlament tomonidan 237 ovoz bilan ma’qullandi. Hujjat ta’qib qilish, oilaviy zo‘ravonlik, shaxsiy intim tasvirlarni roziliksiz tarqatish kabi jinoyatlar uchun ham jazo choralarini kuchaytiradi.

 

Yangi tartib 2023-yilda talabgor Giuliya Cecchettinning fojiali o‘limi, shuningdek, joriy yilda qayd etilgan 100 dan ortiq femitsid holatlaridan so‘ng qabul qilindi. Statistikalarga ko‘ra, ushbu jinoyatlarning qariyb 60 foizi qurbonlarning turmush o‘rtoqlari yoki sobiq hamkorlari tomonidan sodir etilgan.

 

Muxolifat qonunni qo‘llab-quvvatlagan holda, zo‘ravonlikning ijtimoiy ildizlari — gender tengsizligi, ta’lim yetishmovchiligi va stereotiplar bilan bog‘liq omillar ham tizimli ravishda hal etilishi zarurligini ta’kidladi. Mamlakatda maktablarda jinsiy va emotsional ta’limni kengaytirish borasidagi bahslar davom etmoqda.

 

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab har 10 daqiqada bir ayol yoki qiz yaqinlari tomonidan sodir etilgan zo‘ravonlik qurboniga aylanmoqda. Italiya hukumati qabul qilingan yangi choralar orqali gender asosidagi jinoyatlarga qarshi yanada qat’iy siyosat yuritishni maqsad qilgan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Italiyada ayollarni o‘ldirish jinoyati uchun umrbod qamoq jazosi belgilandi | Zamon.uz