O'zbekiston

Navoiydagi qamoqxonada mahkum kaltaklangani aytilmoqda

U sog‘lig‘i yomonlashgani sababli kasalxonaga olib kelingani va oila aʼzolarini ichkariga kiritilmayotganiga izoh berildi.

Navoiydagi qamoqxonada mahkum kaltaklangani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda 11-son JIEKda jazo muddatini o‘tayotgan mahkum S.Sh.ning sog‘lig‘i yomonlashgani sababli kasalxonaga olib kelingani va oila aʼzolarini ichkariga kiritilmayotgani, mahkumga tan jarohati yetkazilgani bo‘yicha xabarlar tarqalgandi.

 

Mazkur xabarlar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, mahkum sog‘lig‘i yomonlashgani sababli shu yilning 23 noyabr kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (RSHTYOIM) Navoiy viloyat filialiga koloniya masʼul xodimlari kuzatuvi ostida olib kelingan. Sog‘lig‘i yomonligi sababli mahkumning oila aʼzolariga ham xabar berilgan.

 

Unga ikki tomonlama bronxopnevmoniya og‘ir kechishi, hamroh yurak ishemik kasalligi stabil zo‘riqish stenokardiyasi, FS2 gipertoniya kasalligi 3, Ag0, xavf 4 yondosh tashxisi qo‘yilgan.

 

Mahkumni jazoni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan og‘ir kasallikka chalinganligi sababli 11-son JIEKning mahkumni kasalligi oqibatida ozod qilish haqidagi taqdimnomasiga asosan joriy yilning 26 noyabr kuni JIB Navoiy shahar sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 75-moddasi 1-qismiga asosan ozod etilganligi to‘g‘risida ajrim chiqarilgan.

 

Bugun, 27 noyabr kuni sobiq mahkum S.Sh.ning ukasi Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakiliga murojaat qilgan. Murojaatchi bloger xabarida noto‘g‘ri maʼlumot aytilgani bo‘yicha uzr so‘ragan. Mintaqaviy vakil shu kunning o‘zida shifoxonaga borib, fuqarodan xabar oldi va vaziyatni o‘rgangan.

 

Olingan maʼlumotlarga ko‘ra, videomurojaat yuzasidan Navoiy maxsus prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Navoiydagi qamoqxonada mahkum kaltaklangani aytilmoqda | Zamon.uz