O'zbekiston

Prezident Milliy statistika qoʻmitasining hisoboti bilan tanishdi

Milliy statistikani zamonaviy va xalqaro darajada tan olinadigan tizimga aylantirish masalalari koʻrib chiqildi.

Prezident Milliy statistika qoʻmitasining hisoboti bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining hisoboti bilan tanishdi.

 

Joriy yil fevral oyida “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni qabul qilingan edi. Farmonga koʻra, Prezident huzuridagi Statistika agentligi Milliy statistika qoʻmitasi sifatida qayta tashkil etildi hamda statistika ishlari samaradorligini yanada oshirishning ustuvor yoʻnalishlari belgilandi.

 

Yigʻilishda oʻtgan davrda amalga oshirilgan ishlar koʻrib chiqildi.

 

Jumladan, idoralararo maʼlumot almashinuvi kengaytirilib, 60 ta integratsiya joriy etilgani natijasida hisobot yuklanmasi 27 foizga qisqardi. Shu jumladan, soliq organlarining onlayn-kassa maʼlumotlari, elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmoli, qishloq xoʻjaligi ekin maydonlari va hosil toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni avtomatlashtirilgan holda qabul qilish yoʻlga qoʻyildi.

 

Yigʻilishda yalpi milliy mahsulotning nominal hajmini hisoblashni yaxshilash boʻyicha qilingan ishlar yuzasidan axborot berildi.

 

Bozor xizmatlari, qurilish, qishloq xoʻjaligi, sanoat va byudjet xarajatlarini statistika bilan yanada kengroq qamrab olish natijasida qoʻshimcha 81 trillion soʻm qoʻshilgan qiymat inobatga olinib, 2024-yil yakunlari boʻyicha YIM hajmi 115 milliard dollardan 121,4 milliard dollarga oshdi.

 

Shu bilan birga, yashirin iqtisodiyot ulushi 2017-yildagi 50 foizdan 2024-yilda 35 foizgacha kamaygani taʼkidlandi. Yaqin istiqbolda yana 79 trillion soʻmlik norasmiy iqtisodiyotni statistika bilan qamrab olish, yashirin iqtisodiyot ulushini 29 foizgacha tushirish imkoniyati mavjudligi maʼlum qilindi.

 

Prezidentimiz global bozorda elektron savdo hajmi jadal oʻsayotganini taʼkidladi. Mamlakatimizda bu sohaning oʻsish surʼatlari 9-11 foizga yetishi kutilmoqda. Shuningdek, axborot texnologiyalari va masofaviy xizmatlar, frilans kabi yangi sohalar tez rivojlanyapti. Milliy statistika tizimi oldida bu sohalarni ham qamrab olish boʻyicha muhim vazifalar turgani koʻrsatib oʻtildi.

 

Isteʼmol narxlari indeksini tuzishda maʼlumotlarni qoʻlda yigʻish amaliyotidan voz kechib, AT va sunʼiy intellekt texnologiyalariga bosqichma-bosqich oʻtish zarurligi taʼkidlandi.

 

Milliy statistikani zamonaviy va xalqaro darajada tan olinadigan tizimga aylantirish masalalari ham koʻrib chiqildi.

 

Xalqaro “Deloitte” konsalting kompaniyasi tomonidan 23 ta tashabbus va 70 ta loyiha ishlab chiqilgani aytildi. Ularni bosqichma-bosqich amalga oshirish statistikaning aniqligi, tezkorligi va shaffofligini oshirishga xizmat qilishi taʼkidlandi. Bundan tashqari, Jahon banki bilan birgalikda 2030-yilgacha boʻlgan davrda statistikani rivojlantirish milliy strategiyasi ishlab chiqilmoqda.

 

Kelgusi yil yanvar oyida boshlanadigan aholini roʻyxatga olish ishlariga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

 

Hozirgacha 9008 ta mahalla boʻyicha tashkiliy rejalar tasdiqlandi, roʻyxatga olishda ishtirok etuvchi 60 ming nafardan ziyod “mahalla yettiligi” vakillari va masʼul xodimlari uchun maxsus oʻquv kurslari oʻtkazildi.

 

Roʻyxatga olish elektron shaklda – maxsus portal orqali oʻtkaziladi. Maʼlumotlar portalga roʻyxatga oluvchilar tomonidan uyma-uy yurib, planshet qurilmalari yordamida kiritiladi. Jarayonlar geoaxborot tizimi orqali monitoring qilib boriladi. Buning uchun roʻyxatga olinadigan xonadonlar va turar joylarning geomanzillari shakllantirildi.

 

Davlatimiz rahbariga hududlarda bu boradagi ishlarning tayyorgarlik holati yuzasidan hisobot berildi.

 

Roʻyxatga olish jarayonlarini yanada takomillashtirish yoʻllari, shu jumladan, raqamli platformalardan foydalanish koʻnikmalarini oshirish, xorijga ishlash, oʻqish yoki xizmat safariga ketgan fuqarolarni roʻyxatga olish, uyma-uy va onlayn toʻplangan maʼlumotlarni integratsiya qilish boʻyicha aniq yechimlar ishlab chiqish zarurligi qayd etildi.

 

Prezidentimiz aniq, tezkor va ishonchli statistika davlat siyosatini belgilash, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishning muhim omili ekanini qayd etib, sohani strategik yondashuv asosida transformatsiya qilishni davom ettirish topshirildi.

 

Mutasaddilarga aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirlarini yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Prezident Milliy statistika qoʻmitasining hisoboti bilan tanishdi | Zamon.uz