O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev yetti mamlakat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi

Prezident yangi tayinlangan elchilarni tabriklab, o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev yetti mamlakat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi

27 noyabr kuni O‘zbekistonga yangi tayinlangan bir qator davlatlarning favqulodda va muxtor elchilari ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

Marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyev Gretsiyadan Paraskevi Tseveleki, Indoneziyadan Siti Ruhayni Dzhuhayatin, Latviya elchisi Girts Yaunzem, Fransiyadan Valid Fuk, Rossiyadan Aleksey Erkhov, Yaponiyadan Kendzi Hirata va Tojikistondan Nasriddin Ismatullo topshirgan ishonch yorliqlarini qabul qildi.

 

Davlat rahbari elchilarni samimiy tabriklab, hozirgi beqaror global sharoitda diplomatlar faoliyati yanada muhim ahamiyat kasb etayotganini qayd etdi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, elchilar yurtimizda bo‘lgan qisqa vaqt davomida O‘zbekistonning jadal rivojlanish sur’atlari va mamlakatning xalqaro diplomatiyadagi nufuzi tobora oshib borayotganiga o‘z ko‘zlari bilan guvoh bo‘lmoqda.

 

Shuningdek, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda nufuzli xalqaro tadbirlar — Toshkent xalqaro investitsiya forumi, Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi, “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti, Xalqaro iqlim forumi va YuNESKO Bosh konferensiyasining tarixiy sessiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani ta’kidlab o‘tildi.

 

O‘zbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi tomonidan so‘nggi yillarda 13 ta rezolyutsiya qabul qilingani ham alohida eslatildi.

 

Prezident mamlakatning Global barqaror rivojlanish maqsadlari indeksida 19 pog‘ona yuqorilagani, so‘nggi sakkiz yilda iqtisodiyot ikki baravardan ko‘proqqa oshgani va kambag‘allik darajasi 35 foizdan 6,6 foizga kamaygani haqida ma’lumot berdi.

 

Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, elchilar vakillik qilayotgan davlatlarning O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini qo‘llab-quvvatlayotganidan minnatdorlik bildirdi.

 

Marosim yakunida davlat rahbari yangi elchilarga faoliyatlarida katta muvaffaqiyatlar tilab, ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash uchun mavjud barcha imkoniyatlardan samarali foydalanishga chaqirdi. Shu bilan birga, hududlar va xususiy sektor bilan faol ishlashni tavsiya etdi.

 

Xorijiy diplomatlar esa iliq qabul va yaratilgan qulay shart-sharoitlar uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev yetti mamlakat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi | Zamon.uz