O'zbekiston

Toshkent IES havoni ifloslantirmaydi — Energetika vazirligi

Toshkent IES havoni ifloslantirishi haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan video 2 yil oldin olingan va bugungi kunga mos kelmaydi.

Toshkent IES havoni ifloslantirmaydi — Energetika vazirligi

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda “Mana nega havo zaharlandi” sarlavhasi ostida Toshkent IES tomonidan poytaxt havosining ifloslanishi haqida video tarqatilmoqda. Ushbu video qariyb 2 yil oldin – 2024-yil fevral oyida olingan bo‘lib, bugungi kunga mutlaqo mos kelmaydi. O‘sha paytda stansiyada asosiy yoqilg‘i tabiiy gazdan, zaxira yoqilg‘i sifatida esa qisqa muddat mazutdan foydalanilgan.

 

Hozirda Toshkent IESda o‘rnatilgan “Yengil filtr” qurilmasi chiqindilarni 99,5 foiz samara bilan tozalaydi va havoga tashlanadigan qattiq zarrachalar konsentratsiyasini 100 mg/m³ dan 6 mg/m³ gacha kamaytiradi. Stansiyada tutun gazlari tarkibi yuqori aniqlikda nazorat qilinadi va real vaqt rejimida Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining Situatsion markaziga uzatiladi.

 

Shuningdek, stansiyaning sanitariya-himoya hududida zamonaviy ekopost o‘rnatilgan bo‘lib, u atrof-muhit holatini doimiy nazorat qilish va ekologik ko‘rsatkichlarni tezkor monitoring qilish imkonini beradi.

 

Joriy kuz-qish mavsumi davomida mazut yoqilg‘isidan foydalanilmagan va stansiya tabiiy gaz asosida ishlamoqda.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Toshkent IES havoni ifloslantirmaydi — Energetika vazirligi | Zamon.uz