O'zbekiston

Yil boshidan buyon tovar ayirboshlash qariyb 7 foizga oʻsdi

Prezident Yevropa Ittifoqining Xalqaro hamkorlik boʻyicha komissari va Kengayish masalalari boʻyicha komissari boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Yil boshidan buyon tovar ayirboshlash qariyb 7 foizga oʻsdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-noyabr kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizda boʻlib turgan Yevropa Ittifoqining Xalqaro hamkorlik boʻyicha komissari Yozef Sikela hamda Kengayish masalalari boʻyicha komissari Marta Kos boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

 

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni joriy yil oktabr oyida Bryusselga oliy darajadagi tashrif davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish orqali rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

 

Yevropa Ittifoqi vakillari Oʻzbekiston Prezidentiga Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayenning samimiy salomlarini yetkazdi.

 

Oʻzbekiston yetakchisi yevrokomissarlarni Toshkentda “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” uchinchi iqtisodiy forumi va Transkaspiy transport yoʻlagi va oʻzaro bogʻliqlik boʻyicha investorlar forumi muvaffaqiyatli oʻtkazilgani hamda yakunda mintaqaviy miqyosdagi bir qator yangi qoʻshma loyihalar ishga tushirilgani bilan tabrikladi.

 

Oʻzbekiston – Yevropa munosabatlari jadal rivojlanib borayotgani, ikki va koʻp tomonlama hamkorlikning yangi keng qamrovli kun tartibi shakllangani mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Bu yil Yevropa Ittifoqi bilan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim (KShHB) imzolandi, Samarqand va Bryusselda sammitlar boʻlib oʻtdi, Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishi yuzasidan Yevropa Ittifoqi bilan muzokaralar yakunlandi.

 

Yil boshidan buyon tovar ayirboshlash qariyb 7 foizga oʻsdi. KShHBning amaliyotga joriy etilishi savdo hajmi va investitsiyalar oqimining sezilarli darajada oshishiga xizmat qilishi taʼkidlandi.

 

Savdoni kengaytirish va diversifikatsiya qilish uchun hamkorlikning institutsional mexanizmlarini yanada takomillashtirish, sanoat kooperatsiyasi, transport, raqamlashtirish, muhim minerallar, energetika, sogʻliqni saqlash va boshqa ustuvor sohalarda hamda yangi qoʻshma investitsiya loyihalarini ishlab chiqish zarurligi taʼkidlandi.

 

Xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Yil boshidan buyon tovar ayirboshlash qariyb 7 foizga oʻsdi | Zamon.uz