O'zbekiston

Ayolga zo'ravonlik qilgani uchun Furqat tumani IIB sobiq rahbarlari 4 yilga qamaldi

Sud fuqarolarni vakolatdan oshish hamda shaxs daxlsizligini buzishda aybdor deb topdi.

Ayolga zo'ravonlik qilgani uchun Furqat tumani IIB sobiq rahbarlari 4 yilga qamaldi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Quva tuman sudi Furqat tumani IIBning sobiq boshlig‘i Akmal Xo‘jaev va uning birinchi o‘rinbosari Jasur Rasulovga nisbatan hukmni e’lon qildi. Sud ularni bir qator moddalar bo‘yicha aybli deb topib, har biriga 4 yildan ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi. Shuningdek, ular 3 yil davomida ichki ishlar tizimi va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda mas’ul lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilindi.

 

Ayblovga ko‘ra, Xo‘jaev va Rasulov shaxs sha’niga tajovuz qilish, turar joy daxlsizligini buzish, vakolatdan oshish va qonunga xilof ravishda ushlab turish kabi jinoyatlarni sodir etganlikda ayblandi. Sud jazo manzil-koloniyada o‘tilishini belgiladi.

 

Jabrlanuvchilar — Furqat tumanidagi maktab direktori Gulira’no Qosimova va soliq idorasi rahbari Qurbonali Abdurahmonovga ma’naviy va boshqa turdagi zararlarni qoplash yuzasidan fuqarolik sudiga murojaat qilish huquqi tushuntirildi. Shuningdek, ishda ishtiroki bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasini ko‘rib chiqish uchun materiallar prokuraturaga yuboriladi.

 

Mazkur ish jamoatchilik e’tiborida bo‘lib, Qosimova sud jarayonining xolis o‘tishini so‘rab mas’ullarga murojaat qilgan edi. Senatorlar va Ichki ishlar vazirligi vakillari ham voqea yuzasidan munosabat bildirib, qonun ustuvorligi va inson qadri doimo himoya qilinishi kerakligini ta’kidladilar.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.