O'zbekiston

Farg‘onada 1,5 mlrd so‘mlik noqonuniy dori savdosi fosh bo‘ldi

Fuqaro tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan, o‘ziga qarashli bo‘lgan noturar binoda dorilarning chakana savdosi bilan shug‘ullanayotganligi aniqlandi.

Farg‘onada 1,5 mlrd so‘mlik noqonuniy dori savdosi fosh bo‘ldi

Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida yashovchi fuqaro “S.G‘.” tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan, o‘ziga qarashli bo‘lgan noturar binoda, tegishli hujjatlarsiz tibbiy dori vositalari chakana savdosi bilan shug‘ullanayotganligi fosh etildi.

 

Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Bojxona qo‘mitasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushbu manzilda tegishli sharoitlarda saqlanmayotgan jami 66 turdagi 41 319 dona dori vositalari borligi aniqlanib, shundan 56 turdagi 36 361 dona dorilarning muvofiqlik sertifikatlari mavjud emasligi maʼlum bo‘ldi.

 

Taʼkidlash lozimki, dori vositalarining umumiy qiymati 1 mlrd 565 mln so‘mni tashkil etadi.

 

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 186³-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Farg‘onada 1,5 mlrd so‘mlik noqonuniy dori savdosi fosh bo‘ldi | Zamon.uz