Jahon

Putinning Qirg‘izistonga tashrifi davomida Ukraina elchixonasi yashirildi

Mahalliy OAVning qayd etishicha, elchixona oldiga ekran o‘rnatilishi Rossiya prezidentining tashrifi davomida protokol elementlari va marosim tartibini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan.

Putinning Qirg‘izistonga tashrifi davomida Ukraina elchixonasi yashirildi

 

Bishkekda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tashrifi davomida xavfsizlik va protokol talablari kuchaytirildi. Tashrif doirasida shahar markazidagi ayrim hududlarda vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi. Shu munosabat bilan Ukrainaning Qirg‘izistondagi elchixonasi oldida katta LED ekran o‘rnatilib, elchixona binosi tashqi ko‘rinishi yopib turildi. Mahalliy OAVning qayd etishicha, ekran o‘rnatilishi Rossiya prezidentining tashrifi davomida protokol elementlari va marosim tartibini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan.

 

Rossiya prezidenti Putinning 25–26 noyabr kunlari Bishkekka amalga oshirgan tashrifi Qirg‘iziston tomonidan eng yuqori darajada tashkil etildi. Aeroportda milliy raqqosalar, cholg‘u jamoalari ishtirokidagi kutib olish marosimi o‘tkazildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, prezident korteji maxsus qo‘riqchilar, chavandozlar va davlat bayroqlari bilan hamroh qilingan.

 

Putinning tashrifi munosabati bilan Bishkekdagi barcha maktablar vaqtinchalik masofaviy ta’limga o‘tkazildi, shahar bo‘ylab transport harakati cheklanib, bir qator yo‘nalishlarda vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi.

 

Ukraina elchixonasi vakillari LED ekran o‘rnatilganini tasdiqlab, bu holatning Rossiya prezidentining tashrifi bilan bog‘liqligini qayd etdi. Qirg‘iziston tomoni esa ekran protokolning yangi elementlari sifatida qo‘llanganini bildirdi.

Endi quruqlik orqali ham borish mumkin: Tojikiston va Eron o‘rtasida to‘liq vizasiz rejim kuchga kirdi

Endi quruqlik orqali ham borish mumkin: Tojikiston va Eron o‘rtasida to‘liq vizasiz rejim kuchga kirdi

Vizasiz qatnov faqat havo yo‘llariga emas, quruqlikdagi xalqaro chegara o‘tish punktlariga ham tatbiq etiladi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

Putinning Qirg‘izistonga tashrifi davomida Ukraina elchixonasi yashirildi | Zamon.uz