O'zbekiston

Raqobat qo‘mitasi Telegram’da dollar va yevrodagi ko‘chmas mulk reklamasini taqiqladi

Ayrim Telegram kanallariga ogohlantirish berildi.

Raqobat qo‘mitasi Telegram’da dollar va yevrodagi ko‘chmas mulk reklamasini taqiqladi

 

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bir qator mashhur Telegram kanallarida ko‘chmas mulk narxlarining xorijiy valyutada e’lon qilinishi bo‘yicha qonunbuzilish holatlarini aniqladi.

 

Qayd etilishicha, ayrim kanallar kvartira va uylar narxini dollar yoki yevroda ko‘rsatib kelgan. Bu esa “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 16-moddasi talablariga zid bo‘lib, reklama materiallarida chet el valyutasida narxlar ko‘rsatishni taqiqlaydi.

 

Shuningdek, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunning 9-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston hududida barcha to‘lovlar va narxlar faqat milliy valyutada belgilanishi, ularni chet el valyutasiga bog‘lash esa qat’iyan man etiladi.

 

Qo‘mita tomonidan kanal ma’murlari bilan tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada reklama e’lonlari qonun talablari asosida qayta tartibga solindi va mazmuni milliy valyuta bo‘yicha ko‘rsatildi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Raqobat qo‘mitasi Telegram’da dollar va yevrodagi ko‘chmas mulk reklamasini taqiqladi | Zamon.uz