Jahon

Rossiya 2027-yildan migrantlarni faqat rasmiy taklif bilan qabul qilishi mumkin

Yangi tartibga ko‘ra, migrantlar Rossiyaga faqat ish beruvchining taklifi bilan keladi, oldindan to‘liq tekshiruvdan o‘tadi va kelgach bevosita tayinlangan ish joyiga biriktiriladi.

Rossiya 2027-yildan migrantlarni faqat rasmiy taklif bilan qabul qilishi mumkin

 

Rossiya Federatsiyasi 2027-yildan e’tiboran chet ellik fuqarolarni mehnat faoliyatiga jalb etish bo‘yicha amaldagi qoidalarni keskin o‘zgartirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Rossiya OAVlari Ichki ishlar vazirligining 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan migratsiya siyosatini amalga oshirish rejasi loyihasiga tayanib xabar berdi.

 

Yangilanayotgan tartibga ko‘ra, migrantlarning mustaqil ravishda Rossiyaga kelishi va ish qidirishi tartibi bekor qilinishi mumkin. Uning o‘rniga tashkiliy (uyushgan) yollash tizimi joriy etiladi.

 

Yangi tizimning asosiy talablari quyidagilardan iborat:

  • Chet ellik ishchilar Rossiyaga faqat ish beruvchining rasmiy taklifi bilan kirishi mumkin bo‘ladi.
  • Kelishidan oldin ular o‘z mamlakatida to‘liq tekshiruvlardan o‘tishi shart bo‘ladi.
  • Rossiyaga kirgach, migrant mustaqil ravishda ish izlash o‘rniga bevosita taklifnoma asosidagi ish joyiga biriktiriladi.

 

Mazkur yondashuv Rossiyada ichki demografik o‘sishni qo‘llab-quvvatlash va chet ellik ishchi kuchidan faqat aniq ehtiyoj bo‘lgan taqdirda foydalanish siyosatining bir qismi sifatida izohlanmoqda. Yangi tizimning qamrovi hozircha aniq belgilanmagan, ammo mutasaddi vazirlik migrantlar oqimining muhim qismi bosqichma-bosqich ushbu mexanizmga o‘tishini istisno qilmayapti.

 

Ish beruvchilar xorijiy ishchilarga bo‘lgan ehtiyoj bo‘yicha oldindan ro‘yxat tuzadilar va uni davlat organlariga taqdim etadilar. Tekshiruvlardan o‘tgan migrantlar taklifnoma asosida kelib, o‘sha zahoti belgilangan ish beruvchiga biriktiriladi.

 

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu mexanizm yirik korxonalar uchun qulay bo‘lishi mumkin. Biroq kichik va o‘rta biznes uchun moslashuvchanlikning kamayishi, rejalar va kvotalarga qattiq bog‘liqlik sababli muayyan qiyinchiliklar yuzaga kelishi ehtimoli bor.

 

Shu tariqa, Rossiya migratsiya siyosati yanada qat’iy va davlat tomonidan markazlashtirilgan tartibga o‘tayotgani qayd etilmoqda. Yangi tizimning mehnat bozori va migrantlar hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatishi 2027-yillarda ma’lum bo‘ladi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Rossiya 2027-yildan migrantlarni faqat rasmiy taklif bilan qabul qilishi mumkin | Zamon.uz