Jizzaxda 7 ta noqonuniy inshoot buzildi
Ular fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurib olingan bo‘lgan.

Baxmal tumanida sud qaroriga asosan o‘zboshimchalik bilan qurilgan 7 ta inshoot Majburiy ijro byurosi tomonidan buzib tashlandi.
Ijro jarayonida qarzdorlarga oldindan ogohlantirish berildi va ishlarni xolislar hamda mutasaddi tashkilotlar ishtirokida amalga oshirildi.
MIB tomonidan tuman hududidagi noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish ishlari davom etmoqda.







