O'zbekiston

Atrof-muhitni ifloslantirgan 464 ta huquqbuzarlik aniqlanib, 250 mln so‘mdan ortiq jarima qo‘llandi

Toshkent shahri va viloyatida o‘tkazilgan uch kunlik ekologik reydlar davomida 1 157 ta ob’ekt tekshirilib, 59 ta korxonaning faoliyati 10 ish kuniga to‘xtatildi.

Atrof-muhitni ifloslantirgan 464 ta huquqbuzarlik aniqlanib, 250 mln so‘mdan ortiq jarima qo‘llandi

 

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha mas’ul idoralar tomonidan Toshkent shahri va viloyatida o‘tkazilgan uch kunlik keng ko‘lamli reydlar yakunlari bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi.

 

Maxsus komissiya topshirig‘iga muvofiq, 25–28 noyabr kunlari Ekologik nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi (Ekopolitsiya) Bosh prokuratura, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda Qibray, Zangiota, Yangiyo‘l tumanlari, shuningdek, Toshkent shahrining bir qator hududlarida atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi obyektlar faoliyatini o‘rganish bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazdi.

 

Tekshiruvlar davomida jami 1 157 ta obyektning havo sifatiga oid ekologik talablarga rioya qilishi o‘rganildi. Reydlar yakunlariga ko‘ra quyidagi natijalar qayd etildi:

 

  • 464 ta huquqbuzarlik aniqlanib, ularga nisbatan 250 million so‘mdan ortiq jarima qo‘llandi;
  • Atrof-muhitga zarar yetkazgani aniqlangan 59 ta obyektning faoliyati 10 ish kuniga vaqtincha to‘xtatildi (shundan Toshkent viloyatida — 50 ta, Toshkent shahrida — 9 ta);
  • 15 ta issiqxona havoga chiqarilayotgan zararli moddalarni kamaytirish maqsadida filtr uskunalari bilan jihozlandi.

 

Ekopolitsiyaning ta’kidlanishicha, reydlar davom etmoqda va ekologik me’yorlarning buzilishiga nisbatan nazorat yanada kuchaytiriladi. Atrof-muhitga zarar yetkazuvchi korxonalar faoliyati qat’iy tartibda baholanib, qonunbuzilish holatlariga nisbatan keskin choralar ko‘riladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Atrof-muhitni ifloslantirgan 464 ta huquqbuzarlik aniqlanib, 250 mln so‘mdan ortiq jarima qo‘llandi | Zamon.uz