Jahon

Britaniya byudjet taqchilligi tufayli elchixona binolarini sotmoqchi

Buyuk Britaniyaning xorijdagi 933 ta diplomatik binosi, ya’ni taxminan 15 foizi, ekspluatatsiya uchun xavfli deb topilgan.

Britaniya byudjet taqchilligi tufayli elchixona binolarini sotmoqchi

 

Politico nashrining yozishicha, Buyuk Britaniya hukumati byudjet taqchilligini qisqartirish maqsadida xorijdagi ayrim diplomatik binolar va davlatga tegishli boshqa ko‘chmas mulklarni sotishni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda juma kuni e’lon qilingan hukumat hujjatlarida ma’lumot berilgan.

 

Xabarga ko‘ra, noyabr oyida Britaniya moliya vaziri Reychel Rivz mamlakatning 2026-yilgi byudjet rejasini taqdim etgan. Unda G‘aznachilik uchun qo‘shimcha 26 milliard funt sterling yig‘ish maqsad qilingan bo‘lib, buning bir qismi soliqlarni oshirish, yana bir qismi esa davlatga qarashli aktivlarni optimallashtirish hisobidan amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

 

Mavjud rejalarga ko‘ra, Tashqi ishlar vazirligi o‘z balansidagi 6 500 ta mulk obyektini qayta ko‘rib chiqib, ular orasida “bo‘shatish” mumkin bo‘lgan, ya’ni sotilishi yoki qo‘llanilishi maqsadga muvofiq bo‘lmagan obyektlarni aniqlashi kerak. Nashrga ko‘ra, bu jarayonda Britaniyaning dunyo bo‘ylab diplomatik faoliyati sezilarli darajada qisqarishi ehtimoli bor.

 

Hujjatlarda qimmatbaho hududlardagi ayrim obyektlar, xususan, 2019-yilda AQSh bilan Brexitdan keyingi savdo muzokaralariga tayyorgarlik doirasida diplomatlar uchun xarid qilingan 15,7 million dollarlik Nyu-Yorkdagi hashamatli kvartira misol tariqasida keltirilgan.

 

Shuningdek, ma’lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniyaning xorijdagi 933 ta diplomatik binosi, ya’ni taxminan 15 foizi, ekspluatatsiya uchun xavfli deb topilgan.

 

Byudjet bayonoti oldidan hukumat qarzlarga xizmat ko‘rsatish xarajatlari, ijtimoiy nafaqalar, kommunal to‘lovlarni qoplashga yordam dasturlari va iqtisodiy pasayish tufayli yuzaga kelgan o‘nlab milliard funtlik taqchillikni yopish zarurati bilan yuzlashgan edi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Britaniya byudjet taqchilligi tufayli elchixona binolarini sotmoqchi | Zamon.uz