O'zbekiston

Farg‘onada 866 g gashish va 4 508 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining savdosi aniqlandi

Jinoyat sodir etgan shaxslar qo‘lga olinib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi.

Farg‘onada 866 g gashish va 4 508 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining savdosi aniqlandi

 

Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi hamda Bojxona organlarining hamkorligida Farg‘ona viloyatida giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan bir qator tezkor tadbirlar amalga oshirildi. Bu haqda DXX Zamon.uzga xabar berdi.

 

O‘tkazilgan tezkor chora-tadbir davomida Marg‘ilon shahrida yashovchi 1996-yilda tug‘ilgan fuqaroning “Matiz” rusumli avtomashinasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi. Tekshiruv jarayonida transport vositasi salonidan 866 gramm “gashish” moddasi topilib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

 

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchi mazkur giyohvandlik vositasini sotish orqali noqonuniy daromad olishni rejalashtirgani aniqlangan.

 

Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25 orqali 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Yana bir tezkor maʼlumot asosida Farg‘ona va Andijon shaharlarida yashovchi bir guruh shaxslarning kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy realizatsiya qilib kelayotganliklari aniqlanib, ular Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar va Bojxona organlari tomonidan Farg‘ona shahrida qo‘lga olindi.

 

Jarayon davomida Andijon viloyati Qorg‘ontepa tumanida yashovchi ikki nafar shaxs Qirg‘iziston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan 4 508 dona “Regapen” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini xaridorga 12 800 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

 

Mazkur holat yuzasidan ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 28 orqali 246-moddasi 1-qismi va 251-prim 1-moddasi 5-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Farg‘onada 866 g gashish va 4 508 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining savdosi aniqlandi | Zamon.uz