O'zbekiston

Farg‘onada giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi

“Gashish” va kontrabanda yo‘li bilan kiritilgan kuchli dori vositalarini sotgan bir nechta shaxs ushlandi.

Farg‘onada giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi

 

 

Farg‘ona viloyatida DXX, Ichki ishlar va Bojxona organlari tomonidan giyohvandlik vositalari va kuchli ta’sir qiluvchi dorilarning noqonuniy aylanishiga qarshi bir qator tezkor tadbirlar o‘tkazildi. Tadbirlar davomida “gashish” moddasi hamda chetdan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan “Regapen” dori vositalarini sotish bilan shug‘ullangan bir nechta shaxs qo‘lga olindi.

Marg‘ilon shahrida 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi “Matiz” avtomashinasini ko‘zdan kechirish vaqtida 866 gramm “gashish” borligi aniqlanib, daliliy ashyolar sifatida olib qo‘yildi. Tergovga qadar o‘tkazilgan harakatlarda gumonlanuvchining mazkur moddani sotish orqali foyda olishni rejalagani ma’lum bo‘ldi. Unga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoq qo‘llandi.

Yana bir holatda, Farg‘ona va Andijon shaharlari aholisi orasida kuchli ta’sir qiluvchi “Regapen” dori vositalarini noqonuniy sotayotgan shaxslar aniqlangan. Tezkor hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi ikki nafar shaxs 4 508 dona kontrabanda dori vositasini 12 800 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida ushlandi. Ular ustidan kontrabanda va kuchli ta’sir qiluvchi dorilarning noqonuniy aylanishi bo‘yicha jinoiy ish ochildi. Mutasaddi tashkilotlar bu kabi vositalarning noqonuniy savdosi yoshlar salomatligi va jamiyat rivojiga jiddiy xavf ekanini eslatdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Farg‘onada giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi | Zamon.uz