O'zbekiston

“Ipak yo‘lida turizm – TXTY-2025”: O‘zbekistonda 30-xalqaro turizm yarmarkasi o’tkazildi

Tailand, Koreya, Ozarbayjon, Belarus, Xitoy, Gruziya, Tojikiston kabi davlatlar ishtirok etib, o‘z turizm imkoniyatlari, eksklyuziv yo‘nalishlari va hamkorlik takliflarini e’lon qildilar.

“Ipak yo‘lida turizm – TXTY-2025”: O‘zbekistonda 30-xalqaro turizm yarmarkasi o’tkazildi

 

2025-yil 27–29 noyabr kunlari Toshkent yana bir bor Markaziy Osiyoning turizm markaziga aylandi. “Ipak yo‘lida turizm” – 30-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi (TXTY-2025) yuzlab mahalliy va xorijiy ishtirokchilarni bir maydonga jamladi. Tadbir CAEx xalqaro ko‘rgazmalar markazida bo‘lib o‘tdi va bu yil o‘z ko‘lami hamda mazmuni bilan alohida e’tiborni tortdi.

 

Yarmarkaning tantanali ochilishi

 

Yarmarka ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi ishtirok etdi va o‘z nutqida yarmarkaning mamlakat turizm sohasi rivojidagi o‘rnini ta’kidladi. U O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, turizm infratuzilmasining yangilanishi, yangi yo‘nalishlar va servis sifati oshib borayotganini qayd etdi.

 

     

 

Ko‘rgazma maydoni: O‘zbekiston hududlaridan xorijgacha

 

Uch kun davom etgan TXTY-2025 yarmarkasida O‘zbekistonning barcha hududlari o‘z stendlari orqali turizm salohiyatini namoyish etdi. Viloyatlar yangi turistik yo‘nalishlar, madaniy meros obyektlari, tabiiy maskanlar, kulinariya an’analari va mahalliy mahsulotlarini keng jamoatchilikka taqdim qildi.

 

         

 

Shu bilan birga, yarmarkada xorijiy davlatlarning ham stendlari o‘rin oldi. Tailand, Koreya, Ozarbayjon, Belarus, Xitoy, Gruziya, Tojikiston kabi davlatlar ishtirok etib, o‘z turizm imkoniyatlari, eksklyuziv yo‘nalishlari va hamkorlik takliflarini e’lon qildilar.

 

Ko‘plab ishtirokchilar uchun TXTY-2025 kelajakdagi loyihalarni muhokama qilish, B2B formatidagi uchrashuvlar o‘tkazish va yangi bozorlar bilan aloqalar o‘rnatish uchun muhim imkoniyat bo‘ldi.

 

Gastronomiya — yarmarkaning yorqin nuqtasi

 

Tadbir doirasida o‘tkazilgan “Lazzatli O‘zbekiston – 2025” II Xalqaro gastronomik festivali yarmarkaning eng diqqatga sazovor qismiga aylandi. Mahalliy va xorijiy oshpazlar tomonidan taqdim etilgan milliy taomlar, tajribali ustozlar mahorat darslari va gastronomik ko‘rgazmalar mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

 

– O‘zbekistonning barcha hududlari o‘z stendlarida yangi loyihalar va turistik marshrutlar taqdim etdi

 

– Yuzlab B2B uchrashuvlar o‘tkazildi, hamkorlik bo‘yicha kelishuvlar imzolandi

 

– Gastronomik festivalda bir nechta mamlakat oshpazlari va kulinariya jamoalari qatnashdi

 

“Ipak yo‘lida turizm – TXTY-2025” o‘z ko‘lami, ishtirokchilar soni va mazmuni bilan O‘zbekiston turizm sohasida muhim voqea bo‘ldi. Yarmarka nafaqat yangi turistik yo‘nalishlarni targ‘ib qildi, balki xalqaro hamkorlikni mustahkamladi, investitsion imkoniyatlar eshigini keng ochdi va O‘zbekistonning global turizm xaritasidagi o‘rnini yanada mustahkamladi.

 

     

 

Mazkur yarmarka mamlakat turizm industriyasining rivojlanishi uchun yana bir muhim qadam bo‘lib, kelgusi yillarda yanada keng qamrovli va innovatsion bo‘lishi kutilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Ipak yo‘lida turizm – TXTY-2025”: O‘zbekistonda 30-xalqaro turizm yarmarkasi o’tkazildi | Zamon.uz