O'zbekiston

O‘qituvchilar apellyatsiyasi bekor qilinmadi — Vazirlik

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan apellyatsiya bekor qilingani haqidagi xabarlar rad etildi. Ta'lim vazirligi o‘zgarishlar faqat jarayonni soddalashtirishga qaratilganini bildirdi.

O‘qituvchilar apellyatsiyasi bekor qilinmadi — Vazirlik

 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, go‘yoki o‘qituvchilar uchun attestatsiya natijalari yuzasidan apellyatsiya berish imkoniyati bekor qilingani haqidagi xabarlar jamoatchilikda keskin munosabat uyg‘otdi. Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligi mazkur ma’lumotlar haqiqatga mos kelmasligini rasman ma’lum qildi.

 

Vazirlikning ta’kidlashicha, 26-noyabr kuni VM-740-son qarori bilan joriy etilgan o‘zgarishlar o‘qituvchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida qabul qilingan. Endilikda pedagoglar test sinovlari jarayonida — test.uzedu.uz platformasi orqali bevosita onlayn tarzda apellyatsiya arizasi yuborish yoki norozilik bildirish imkoniga ega bo‘ladilar.

 

Apellyatsiya jarayonini jadallashtirish maqsadida komissiya malakali mutaxassislarni imtiyozli asosda jalb qilishi mumkin. Bu esa ziddiyatli holatlarni tezkor ko‘rib chiqish va baholash jarayonining aniq hamda shaffof bo‘lishini ta'minlaydi.

 

Rasmiy izohlarga ko‘ra, kiritilgan o‘zgarishlar apellyatsiya berish huquqini bekor qilmagan, balki mavjud tartibni soddalashtirgan. Ko‘rib chiqilgan arizalar bo‘yicha komissiya qarori darhol arizachining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

 

Zaruratga ko‘ra, o‘qituvchiga komissiya qaroridan ko‘chirma taqdim etilishi yoki hujjatlar bilan bevosita tegishli tashkilotda tanishib chiqish imkoniyati yaratiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘qituvchilar apellyatsiyasi bekor qilinmadi — Vazirlik | Zamon.uz