O'zbekiston

O‘zbekistonning davlat qarzi 44 mlrd dollarga yetdi

Bir yil ichida davlat qarzi qariyb 4,9 mlrd dollarga oshgan.

O‘zbekistonning davlat qarzi 44 mlrd dollarga yetdi

2025 yil 1 oktabr holatiga O‘zbekistonning davlat qarzi 44 mlrd dollarni tashkil etdi. Uning 36,7 mlrd dollari tashqi qarz, 7,2 mlrd dollari ichki qarzdir. Bir yil ichida davlat qarzi qariyb 4,9 mlrd dollarga oshdi va YaIMga nisbatan ulushi 32,3 foizga yetdi. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan qarz miqdori esa 1154 dollar bo‘ldi.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, jalb qilingan tashqi qarz mablag‘larining 47 foizi — byudjetni qo‘llab-quvvatlashga, 16 foizi energetika sohasiga, qolgan qismi qishloq xo‘jaligi, transport infratuzilmasi va uy-joy kommunal xizmatlariga yo‘naltirilgan. O‘zbekistonning asosiy kreditorlari orasida Jahon banki (8 mlrd dollar) va Osiyo taraqqiyot banki (7,5 mlrd dollar) yetakchilik qilmoqda. Tashqi qarzning 63 foizi dollarda, 12 foizi so‘mda, 8 foizi esa yevroda jalb qilingan.

 

Mutasaddi idoralar iqtisodiyotning kengayishi va yirik infratuzilma loyihalari sababli tashqi mablag‘larga ehtiyoj oshayotganini ta’kidlamoqda. Shu bilan birga, davlat kafolatisiz olingan tijorat qarzlari ham ko‘paygan: ular rasmiy davlat qarziga kirmasa-da, davlatga tegishli bank va korxonalar tomonidan olingani uchun “kvazi-davlat” majburiyatlari sifatida baholanadi. 2025 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonning umumiy (davlat + xususiy) tashqi qarzi 72,2 mlrd dollarga yetgan.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

O‘zbekistonning davlat qarzi 44 mlrd dollarga yetdi | Zamon.uz