Jahon

Parranda grippi COVID-19dan ham xavfli bo‘lishi mumkin — olim ogohlantirdi

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, virus sog‘lom odamlarga ham zarar yetkazishi mumkin, biroq hozircha global xavf darajasi past.

Parranda grippi COVID-19dan ham xavfli bo‘lishi mumkin — olim ogohlantirdi

 

Fransiyaning Paster instituti qoshidagi Nafas yo‘llari infeksiyalari markazi direktori Mari-Enn Ramey-Velti yuqori patogen H5 parranda grippi virusining global xavfi keskin ortib borayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

 

Mutaxassisning ta’kidlashicha, H5 virusi so‘nggi yillarda yuz millionlab parrandalar nobud bo‘lishiga sabab bo‘lgan, bu esa oziq-ovqat ta’minoti zanjiriga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Insonlar orasida kasallanish holatlari hozircha juda kam uchrayotgani qayd etilgan, biroq virusning sutemizuvchilar va odamlarga moslashish ehtimoli eng katta xavf hisoblanadi.

 

“Agar virus odamdan odamga yuqish qobiliyatiga ega bo‘lsa, pandemiya boshlanishi mumkin. COVID-19 pandemiyasi boshida bo‘lgani kabi, H5ga qarshi ham aholida antikorlar mavjud emas,” — deydi Ramey-Velti.

 

Olimning fikricha, parranda grippi sog‘lom odamlarga ham jiddiy zarar yetkazishi mumkin, shu bois pandemiya COVID-19dan og‘irroq kechishi ehtimoldan xoli emas. AQShda parrandalar, qoramollar va ayrim odamlarda H5N1 aniqlangan holatlar qayd etilgan. Noyabr oyida Vashington shtatida birinchi bemor infeksiya oqibatida vafot etdi.

 

Shu bilan birga, mutaxassislar hozirgi global tayyorgarlik darajasi COVID-19dan yuqoriroq ekanini bildiradi — vaksina namunalari, antiviral dori zaxiralari va zarur texnologiyalar mavjud.

 

Butunjahon hayvonlar salomatligi tashkiloti ilmiy bo‘limi rahbari Gregorio Torresning qayd etishicha, hozircha pandemiya xavfi past darajada bo‘lib qolmoqda. “Tovuq go‘shti va tuxum iste’mol qilish uchun xavotirga asos yo‘q,” — dedi u.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Parranda grippi COVID-19dan ham xavfli bo‘lishi mumkin — olim ogohlantirdi | Zamon.uz