Jahon

Qaynopasiga taʼzim qilmagan kelin ishi sudga oshirildi

Nizo oila aʼzolari o‘rtasida bir necha kun davom etgani aytilmoqda.

Qaynopasiga taʼzim qilmagan kelin ishi sudga oshirildi

Qozog‘istonning Jambil viloyatida to‘y marosimi paytida kelinning qaynopasiga anʼanaviy taʼzim qilmasligi bilan bog‘liq mojaro sudgacha yetdi. Bu voqea mahalliy axborot vositalarida katta muhokamaga sabab bo‘ldi.

 

To‘y marosimi davomida kelindan qaynopasiga taʼzim qilish – ayrim hududlarda hali ham uchraydigan urf-odatlardan biri. Mazkur holatda kelin bu amalni bajarmagani qaynota-qainopa tomonidan “hurmatsizlik” sifatida qabul qilingan va o‘zaro tortishuv kelib chiqqan. Nizo oila aʼzolari o‘rtasida bir necha kun davom etgani aytilmoqda.

 

Mojaro chuqurlashgani sababli er-xotin o‘rtasida ham kelishmovchilik paydo bo‘lgan. Maʼlumotlarga ko‘ra, masala Juali tumani sudida ko‘rib chiqilgan. Sud jarayonida er o‘z xatosini tan olgani, xotinidan kechirim so‘ragani va tinch yo‘l bilan hal qilishni taklif etgani qayd etilgan.

 

Sud tomonlarning kelishuvini maʼqullab, ishni yakunlagan.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Qaynopasiga taʼzim qilmagan kelin ishi sudga oshirildi | Zamon.uz