Jahon

Rossiyada WhatsApp to‘liq bloklanishi mumkin

Avgustda messenjer orqali qo‘ng‘iroqlarni bloklagan edi.

Rossiyada WhatsApp to‘liq bloklanishi mumkin

Roskomnadzor Rossiyada WhatsApp‘ni to‘liq bloklash bilan tahdid qildi. Bu haqida DW nashri xabar bermoqda.

 

“Ushbu messenjer mamlakat hududida terrorchilik harakatlarini uyushtirish va amalga oshirish, ularning ijrochilarini yollash, shuningdek, fuqarolarimizga nisbatan firibgarlik va boshqa jinoyatlar uchun foydalanilmoqda”, deyiladi idora bayonotida.

 

Roskomnadzor, shuningdek, WhatsApp Rossiya qonunchiligini buzishda davom etayotganini va shu sababli u mamlakatda to‘liq bloklanishi mumkinligini bildirdi.

 

28 noyabrda Rossiyadagi foydalanuvchilar WhatsApp‘da keng ko‘lamli nosozliklar yuz berayotganini xabar qilishdi. Avgust oyida Roskomnadzor ushbu messenjer orqali qo‘ng‘iroqlarni bloklagan edi. Shunga qaramay, WhatsApp‘dan Rossiyaning yuqori lavozimli amaldorlari, jumladan prezident yordamchisi Yuriy Ushakov ham faol foydalanishda davom etmoqda.

custom img

Qirg‘izistonda Ramazon hayiti 20-mart kuni nishonlanadi

Qaror Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar muftiylari fatvosi asosida qabul qilingan.

custom img

Energiya inqirozi fonida Pokistonda maktablar yopiladi va ish haftasini qisqartiriladi

Davlat xarajatlarini kamaytirish doirasida amaldorlar maoshi qisqartirilib, xizmat transportidan foydalanish cheklanadi.

custom img

Pentagon rahbari Eronga qarshi zarbalar kuchaytirilishini ma’lum qildi

Operatsiyada ko‘plab qiruvchi va bombardimonchi samolyotlar jalb qilinadi.

custom img

Turkiyada qulagan raketa Eron bilan bog‘liq emas — Eron TIV

Anqara havo hududi buzilishiga qarshi choralar ko‘rishini ma’lum qildi.

custom img

Eron milliy futbol jamoasi murabbiyi Avstraliyadan boshpana so‘radi, jamoa Eronga qayta olmaydi — CNN

Avvalroq  Eron milliy jamoasining besh nafar boshqa futbolchisiga Avstraliya hukumati gumanitar vizalar bergan edi.

custom img

Germaniyaning Iordaniyadagi harbiy bazasi Eron raketalari zarbasiga uchradi — Spiegel

Nemis harbiylari joylashgan kazarmalar zarbaga uchragan, ular hujum paytida boshpanalarda bo‘lgan, hech kim jabrlanmagan.

custom img

Erondagi maktabga AQSh raketasi zarba bergani aniqlandi

Vashington bu halokatli hujumga AQSH javobgar bo‘lishi mumkinligini, ammo maktab atayin nishonga olinmaganini ma’lum qilgan.

custom img

Tojikiston Prezidenti Eron oliy rahbariga tabrik yo‘lladi

Imomali Rahmon Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevdan keyin Mujtabo Xomanaiyni tabriklagan uchinchi davlat rahbari bo‘ldi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"