Jahon

Tramp: “Avtopero yordamida imzolangan Bayden hujjatlari bekor qilinadi”

Tramp Jo Baydenning avtopero orqali imzolagan barcha farmonlarш o'z kuchini yo‘qotishini ma’lum qildi.

Tramp: “Avtopero yordamida imzolangan Bayden hujjatlari bekor qilinadi”

AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social platformasida avtopero — avtomatik imzo qo‘yuvchi qurilma — orqali imzolangan Jo Bayden davridagi barcha farmonlar va hujjatlar bekor qilinishini bildirdi. Trampning aytishicha, avtopero prezidentning maxsus ruxsatisiz qo‘llanmasligi kerak va Bayden tomonidan imzolangan hujjatlarning “taxminan 92 foizi” shu toifaga kiradi.

 

Avtopero asosan Baydenning prezidentlik muddatining oxirida, afv etish va jazoni yengillashtirish bo‘yicha hujjatlarni imzolash jarayonida ishlatilgan edi. Afv etilganlar orasida sobiq prezidentning o‘g‘li Hanter Bayden ham bor. Jo Bayden esa barcha qarorlarni shaxsan o‘zi tasdiqlaganini, texnik imzolash jarayonini esa yordamchilar bajarganini ta’kidlagan.

 

Tramp avval ham Baydenning avtopero orqali rasmiylashtirilgan afv hujjatlari haqiqiy emasligini da’vo qilgan edi. Bayden esa bu fikrni qat’iyan rad etib, barcha qarorlar qonuniy va shaxsiy tasdiqdan o‘tganini bildirgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Tramp: “Avtopero yordamida imzolangan Bayden hujjatlari bekor qilinadi” | Zamon.uz