Jahon

Tramp Bayden tomonidan avto-qalam bilan imzolangan barcha hujjatlarni bekor qildi

AQSh prezidentining ta'kidlashicha, bu sobiq davlat rahbari tomonidan imzolangan hujjatlarning taxminan 92 foizini tashkil etadi.

Tramp Bayden tomonidan avto-qalam bilan imzolangan barcha hujjatlarni bekor qildi

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Jo Bayden tomonidan avtomatik imzolash qurilmasi – “avto-qalam” orqali tasdiqlangan barcha ijro farmoyishlarini bekor qildi. Bu haqida Tramp o‘zining Truth Social sahifasida ma’lum qildi deydi TASS nashri.

 

Trampning ta’kidlashicha, bekor qilingan hujjatlar Bayden prezidentlik davrida imzolangan barcha farmoyishlarning qariyb 92 foizini tashkil etadi.

 

Prezidentning yozishicha, “Uyqusirab Jo Bayden qalam yordamida imzolagan har qanday hujjatlar endilikda o‘z kuchini yo‘qotadi. Agar AQSh prezidenti shaxsan ruxsat bermasa, avtomatik imzolash qurilmasidan foydalanish taqiqlanadi”.

 

Tramp “radikal so‘l demokratlar Baydenning prezidentlik vakolatlarini amalda egallab olganini” iddao qildi. Uning fikricha, Bayden o‘zi bevosita imzolamagan barcha ijro buyruqlari haqiqiy kuchga ega bo‘lmagan, chunki avtomatik imzo qo‘llangan hujjatlar “noqonuniy” hisoblanadi.

 

Shuningdek, Tramp Baydenning 2500 dan ortiq shaxs – jumladan, ayrim qarindoshlarini afv etish haqidagi farmoyishlar ham avto-qalam orqali imzolanganini, shu bois ularni haqiqiy emas deb hisoblash mumkinligini bildirdi.

 

Avvalroq Bayden The New York Times’ga bergan intervyusida afv etish bo‘yicha barcha qarorlar shaxsan o‘zi tomonidan qabul qilinganini, biroq hujjatlar soni ko‘pligi sabab avto-qalamdan foydalanishga to‘g‘ri kelganini aytgandi. Iyul oyida Oq uy Bayden tomonidan avtomatik imzo qurilmasidan foydalanilgan holatlar yuzasidan tekshiruv boshlaganini tasdiqlagan edi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Tramp Bayden tomonidan avto-qalam bilan imzolangan barcha hujjatlarni bekor qildi | Zamon.uz