Jahon

Zelenskiy Ukraina prezidenti devonining rahbari Andrey Yermakni ishdan bo‘shatdi

Bunga uning uyida va devonxonada antikorrupsion organlari tomonidan olib borilgan tintuvlar, energiya sektoridagi yuqori darajadagi korrupsiyani aniqlash holatlari sabab bo'lgan.

Zelenskiy Ukraina prezidenti devonining rahbari Andrey Yermakni ishdan bo‘shatdi

 

Vladimir Zelenskiy o‘zining prezidentlik apparati rahbari va eng yaqin safdoshi Andrey Yermak iste’foga chiqish haqida ariza berganini va uni qabul qilganini ma’lum qildi.

 

"Hech kimning Ukrainaga savol bermasligini istayman. Shuning uchun bugun quyidagi ichki qarorlar qabul qilinadi. Birinchidan, Ukraina prezidenti devoni qayta ishga tushiriladi. Devonxona rahbari Andrey Yermak iste'foga chiqish haqida ariza berdi", - dedi Ukraina prezidenti.

 

Yermakning iste’fosiga zamin bo‘lgan asosiy sabab — uning uyida va devonxonada antikorrupsion organlari tomonidan olib borilgan tintuvlardir. Bu tergovlar Ukraina energetika sohasidagi yuqori darajadagi korrupsiyani fosh etish bilan bog‘liq bo‘ldi.

 

Zelenskiy bildirganidek, ichki qarorlar doirasida devon boshqaruvi qayta ishga tushiriladi va yangi rahbar tayinlash bo‘yicha maslahatlar shanba kuni o‘tkaziladi.

 

Ukraina prezidenti Yermakning xizmatlarini e’tirof etdi, ammo korrupsiya surishtiruvi va shov‑shuvlar fonida barqarorlikni saqlash uchun bu qaror zarur deb ta’kidladi. Yermak iste’fosi Ukrainadagi ichki siyosiy va diplomatik barqarorlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Zelenskiy Ukraina prezidenti devonining rahbari Andrey Yermakni ishdan bo‘shatdi | Zamon.uz