O'zbekiston

1 dekabrdan O‘zbekistonda qanday o‘zgarishlar kuchga kiradi?

Yangi tartiblar zilzila xavfsizligi, iste’molchilar huquqlari, nikoh jarayoni va ekologik ochiqlikni o‘z ichiga oladi.

1 dekabrdan O‘zbekistonda qanday o‘zgarishlar kuchga kiradi?

1 dekabrdan O‘zbekistonda seysmik xavfsizlikka oid yagona onlayn platforma ishga tushadi. Unda ehtimoliy zilzilalar bo‘yicha akselerogrammalar, seysmik rayonlashtirish xaritalari, faol tektonik uzilmalar va mintaqaviy tavakkalchilik ko‘rsatkichlari jamlanadi. Ushbu o‘zgarishlar zilzila xavfi yuqori hududlarda loyihalashtirish sifatini oshirishga xizmat qiladi.

 

Shu sanadan boshlab iste’molchilarning murojaatlarini ko‘rib chiqishning yangi tartibi ham joriy etiladi. Endi shikoyatlar birinchi navbatda tadbirkor tomonidan 10 kun ichida ko‘rib chiqiladi, hal etilmasa Raqobat qo‘mitasi yoki NNTlarga yuboriladi. Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi esa yirik loyihalarga kafillik hajmini oshirib, garov yetishmasligi bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kuchaytiradi.

 

Nikohni rasmiylashtirish jarayoniga ham o‘zgartish kiritilib, tibbiy ma’lumotnoma talabi bekor qilinadi. Nikohdan sud orqali ajrashganlar endi sud qarorini FHDYga topshirishi shart emas — ma’lumot almashinuvi tizim orqali avtomatik amalga oshiriladi. Nikoh shartnomalarining aslini talab qilish bekor qilinib, elektron nusxalar “Notarius” tizimiga joylashtiriladi.

 

Ekologiya va raqamlashtirish yo‘nalishida ham yangiliklar mavjud. Atrof-muhit monitoringi, ko‘chat ekish, parvarish bo‘yicha ma’lumotlar ochiq tizimga joylashtiriladi. Shu bilan birga, turizm mutaxassislarini qayta tayyorlaydigan xalqaro akademiya Samarqandda ish boshlaydi, nodavlat sud ekspertlari mustaqil faoliyat yuritishi mumkin bo‘ladi, huquqiy hujjatlarni tahlil qiluvchi yangi platforma esa tizimga joriy etiladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

1 dekabrdan O‘zbekistonda qanday o‘zgarishlar kuchga kiradi? | Zamon.uz