O'zbekiston

Boysun gaz konidan yana kuchli oqim ko‘tarilgani aks etgan video tarqalmoqda

Energetika vazirligi tarqalgan videolar avval kuzatilgan geologik jarayon bilan bog‘liq ekanini aytmoqda.

Boysun gaz konidan yana kuchli oqim ko‘tarilgani aks etgan video tarqalmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoning Boysun tumanida gaz sizib chiqayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, videodagi holat “M-25” konining 202-son qudug‘ida bir hafta oldin kuzatilgan geologik jarayon bilan bog‘liq.

 

Vazirlikka ko‘ra, quduqda avvaldan yoqib qo‘yilgan olov geologik o‘zgarishlar sabab vaqtincha so‘ngan. Mutaxassislar bu holat qisqa muddat ichida barqarorlashtirilgani va olov qayta yoqilgani­ni bildirdi.

 

Ayni vaqtda “M-25” konida vaziyat to‘liq nazorat ostida. Barcha jarayonlar texnik talablar asosida, mutaxassislar kuzatuvida amalga oshirilayotganini rasmiylar ta’kidladi.

 

Avvalroq berilgan rasmiy axborotga ko‘ra, havoga zararli moddalar tarqalishining oldini olish maqsadida gazni yoqib qo‘yish amaliyoti qo‘llanilgan. Bu usul xalqaro sanoat xavfsizligi standartlariga mos bo‘lib, atrof-muhitni himoya qilishda odatiy texnologik choradir.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Boysun gaz konidan yana kuchli oqim ko‘tarilgani aks etgan video tarqalmoqda | Zamon.uz