O'zbekiston

CITES CoP20 doirasida daraxt ekish aksiyasi tashkil etildi

Tadbirda 200 ga yaqin delegat ishtirok etdi, 1,5 gektar maydonga mingdan ortiq ko‘chat ekildi.

CITES CoP20 doirasida daraxt ekish aksiyasi tashkil etildi

CITES CoP20 konferensiyasi doirasida o‘tkazilgan ekologik aksiyada 200 ga yaqin delegatlar hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida 1,5 gektar maydonda mahalliy iqlim sharoitiga mos turli daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. Bu haqda Zamon.uz muxbiri xabar bermoqda.

 

Aksiya doirasida 60 ta pavloniya, 100 ta qarag‘ay, 20 ta chinor, 20 ta qayrag‘och, 20 ta yasin, 30 ta mevali daraxt hamda 750 ta katalpa ko‘chati ekildi. Tashkilotchilar bu tashabbus ekologik barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda xalqaro tadbirlar davomida daraxt ekish an’anaga aylangan. Yaqinda YUNESKOning 80 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan “Yashil bog‘” loyihasi doirasida ham ko‘plab ko‘chatlar o‘tqazilgandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

CITES CoP20 doirasida daraxt ekish aksiyasi tashkil etildi | Zamon.uz