Hindistonda amaki va xolasi tomonidan besh yoshli qiz o‘g‘irlab ketilgan va sotilgan
Politsiya odam savdosi bilan shug‘ullangan guruhni fosh etib, besh nafar shaxsni qo‘lga oldi.

Hindistonning Mumbay shahrida qarindoshlari tomonidan noqonuniy ravishda olib ketilgan besh yoshli qiz politsiya tomonidan topilib, onasiga qaytarildi. Bu haqda NDTV telekanali xabariga tayanib, Ochu.Az ma’lum qildi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, qizning amakisi va xolasi uni begona shaxslarga pul evaziga sotgan. Keyinchalik xaridorlar uni yanada qimmatroq narxda boshqa odamlarga berishga uringan. Mazkur ma’lumotlar aniqlangach, huquq-tartibot organlari tezkor surishtiruv boshlagan.
Olib borilgan tadbirlar natijasida odam savdosi bilan shug‘ullangan jami besh kishi qo‘lga olindi. Qutqarilgan qiz mutasaddi organlar nazorati ostida onasiga topshirildi. Politsiya surishtiruvi davom etmoqda.







