Jahon

Netanyahu Isroil prezidentidan afv so‘radi

Prezident apparati masala Adliya vazirligi orqali ko‘rib chiqilishini aytmoqda.

Netanyahu Isroil prezidentidan afv so‘radi

“The Times of Israel” nashrining yozishicha, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu mamlakat prezidenti Is’hoq Gertsogga o‘zini afv etish bo‘yicha rasmiy murojaat bilan chiqqan. Prezident apparati ma’lumotiga ko‘ra, Adliya vazirligining afv bo‘limi barcha tegishli idoralarning fikrini yig‘ib, tavsiyalarni prezidentning yuridik maslahatchisiga taqdim etadi.

 

Netanyahuga qarshi korrupsiya bo‘yicha dastlabki tergov 2016-yil dekabrda boshlangan, 2019-yilda esa u bir nechta jinoyat epizodlari bo‘yicha rasmiy ravishda ayblangan. Netanyahu esa barcha ayblovlarni qat’iyan rad etib kelmoqda. Xabarlarga ko‘ra, u milliardер va Gollivud prodyuseridan o‘z manfaatlari yo‘lida qimmatbaho sovg‘alar olganlikda, shuningdek, ommaviy axborot vositalari magnatlariga o‘zi va oilasi faoliyatini ijobiy yoritish evaziga yordam berganlikda gumon qilinmoqda.

 

Avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp ham Isroil prezidentiga maktub yo‘llab, Netanyahu ustidan olib borilayotgan korrupsiya ishini to‘xtatish iltimosini bildirgani haqida xabar berilgandi.

custom img

AQSh va Isroil zarbalari oqibatida Eronda 500 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Hujumlar davomida Eronning 131 shahri nishonga olingan.

custom img

AQSh bilan hech qanday muzokara olib borilmaydi — Eron

Tehron AQSh bilan muzokaralar o‘tkazish ehtimolini qat’iyan rad etdi va vositachilar orqali aloqalar haqidagi xabarlarni asossiz deb atadi.

custom img

AQSh Kubaga qarshi harbiy operatsiya ehtimolini ko‘rib chiqmoqda

AQSh ma’muriyati Venesuela va Eronga qarshi operatsiyalar natijalariga qarab Kubaga nisbatan harbiy yoki diplomatik choralarni tahlil qilmoqda.

custom img

Isroil armiyasi Netanyaxu ofisiga hujum haqidagi da’volarni rad etdi

IDFning ta'kidlashicha, IRGC ko'pincha yolg'on ma'lumotlar tarqatadi.

custom img

Shimoliy Koreya AQSh va Isroilning Eronga hujumlarini qoraladi

KXDR Eronga qarshi harbiy operatsiyalarni noqonuniy tajovuz deb atadi.

custom img

"Qozog‘iston arab davlatlariga zarur bo‘lgan har qanday yordamni ko‘rsatishga tayyor" — To‘qayev

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev AQSH, Isroil va Eron urushi jarayonida Bahrayn, Quvayt, Qatar, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari rahbarlariga shaxsiy murojaat yo‘lladi.

custom img

Erondagi operatsiya 4 hafta davom etishi mumkin — Donald Tramp

AQSh prezidenti Eron bilan bo‘layotgan urushning ehtimoliy jadvalini e'lon qildi.

custom img

Alirizo Arafiy Eronning vaqtincha rahbari etib tayinlandi

Maʼlumotlarga ko‘ra, u Xomanaiyning ishonchli vakillaridan biri hisoblangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Netanyahu Isroil prezidentidan afv so‘radi