O'zbekiston

O‘zbekistonda birinchi ekologik o‘rmonlar tasnifi taqdim etildi

CITES konferensiyasi doirasida o‘rmon ekotizimlarini ilmiy tasniflash bo‘yicha yangi metodologiya e’lon qilindi.

O‘zbekistonda birinchi ekologik o‘rmonlar tasnifi taqdim etildi

CITESga a’zo davlatlarning 20-konferensiyasi doirasida “Tabiat loyihalari: bioxilma-xillikni saqlash uchun o‘rmonlarning ekologik tasnifi” mavzusida maxsus tadbir o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston o‘rmon ekotizimlarini ilmiy asosda tasniflash bo‘yicha ishlab chiqilgan birinchi kompleks tizim jamoatchilikka taqdim etildi. Tadbirda Zamon.uz muxbiri ishtirok etdi.

 

Tadbirda ekologiya vaziri o‘rinbosari Obidjon Qudratov va “Yashil loyiha” instituti direktori Olim Hakimov O‘zbekiston tabiiy resurslarini baholash, ekotizimlarni monitoring qilish hamda ularni barqaror boshqarishda ilmiy yondashuvning ahamiyatini ta’kidladi.

 

Yangi tizim sun’iy intellekt, sun’iy yo‘ldosh tasvirlari, GIS ma’lumotlari va raqamli kartografiyalashga asoslanib, noyob turlar yashaydigan hududlarni aniqlash, ekologik xavf xaritalarini yaratish va CITES uchun ilmiy ma’lumotlar tayyorlash imkonini beradi.

 

Tadbir davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:


– ekologik tasnifning noyob turlarni himoya qilishdagi o‘rni;


– RESILAND loyihasi natijalarini milliy rejalashtirishga integratsiya qilish;


– olingan ma’lumotlardan CITES monitoringi va hisobotida foydalanish;


– mintaqaviy ekologik hamkorlik;


– mahalliy hamjamiyatlarning tabiatni muhofaza qilishdagi ishtiroki.

 

Mutaxassislarning aytishicha, ushbu ekologik tasnif O‘zbekiston o‘rmonlarini barqaror boshqarish va bioxilma-xillikni samarali himoya qilishda strategik ahamiyatga ega bo‘lib, mamlakatning birinchi kompleks raqamli ilmiy platformasiga aylandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda birinchi ekologik o‘rmonlar tasnifi taqdim etildi | Zamon.uz