O'zbekiston

O‘zbekistonlik alpinist Himolaydagi Island Peak cho‘qqisini zabt etdi

Aitova 6189 metrlik marraga chiqqan ilk o‘zbekistonlik ayol sifatida tarixga kirdi.

O‘zbekistonlik alpinist Himolaydagi Island Peak cho‘qqisini zabt etdi

O‘zbekistonlik alpinist Alyona Aitova Hindiston va Nepal chegarasidagi Himolay tizmasida joylashgan mashhur Island Peak (Imja Tse) cho‘qqisiga muvaffaqiyatli ko‘tarildi. 6189 metr balandlikka yetgan ushbu marraga chiqish unga o‘zbekistonlik ayollar orasida birinchi bo‘lish sharafini berdi.

 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Island Peak Everest tomon yo‘nalishning muhim bosqichi bo‘lib, baland tog‘ sharoitiga moslashish, jismoniy chidamlilik va texnik tayyorgarlikni talab qiladigan murakkab cho‘qqilar qatoriga kiradi. Marshrutning so‘nggi qismi muzliklar, tik qor-muz yonbag‘irlari va 50–65 daraja qiyaliklardan iborat.

 

Ko‘tarilish jarayoni maxsus mahkamlangan arqonlar bo‘ylab jumar yordamida amalga oshiriladi, tushish esa alpinistlar orasida keng qo‘llaniladigan “sakkizlik” qurilmasi bilan bajariladi. Shu bois Island Peak oddiy trek emas, balki to‘liq texnik mahoratni talab qiluvchi jiddiy alpinistik sinov sifatida baholanadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonlik alpinist Himolaydagi Island Peak cho‘qqisini zabt etdi | Zamon.uz