O'zbekiston

Ukraina urushi Rossiyada nogironlar sonining rekord oshishiga olib keldi

Rasmiy statistika 2023–2024 yillarda nogironlar soni 190 ming nafarga ko‘payganini ko‘rsatmoqda.

Ukraina urushi Rossiyada nogironlar sonining rekord oshishiga olib keldi

Ukraina bilan davom etayotgan urush Rossiyada nogironlar sonining keskin oshishiga sabab bo‘ldi. The Moscow Times yozishicha, bu ko‘rsatkich Pskov yoki Janubiy Saxalin aholisi soniga teng bo‘lgan “nogironlar armiyasi” paydo bo‘lganini anglatadi.

 

Rossiya Ijtimoiy jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 2023–2024 yillar mobaynida nogironlar umumiy soni 190 ming nafarga ko‘paygan. O‘tgan yil yakuniga kelib, Rossiyada nogironlar soni 11 million 122 ming kishiga yetgan — bu ko‘rsatkich 2023 yilda 11,04 million, 2022 yilda esa 10 million 932 ming nafardan iborat edi. Mutaxassislar buni 2007 yildan buyon eng yuqori o‘sish sur’ati sifatida baholamoqda.

 

Xalqaro strategik tadqiqotlar instituti (IISS) hisob-kitoblariga ko‘ra, 2024 yilning oxiriga kelib, 376 ming rossiyalik jang maydonida og‘ir jarohatlar natijasida nogiron bo‘lib qolgan. Institutning umumiy bahosiga ko‘ra, Rossiya armiyasining 2022–2024 yillardagi yo‘qotishlari qariyb 783 ming kishini tashkil etgan. Ulardan taxminan 172 ming nafari halok bo‘lgan, 611 ming kishi esa jarohatlangan. Jarohat olganlarning 235 ming nafari tuzalib ketgan bo‘lsa, qolgan qismi umr bo‘yi nogironlik darajasiga ega bo‘lgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Ukraina urushi Rossiyada nogironlar sonining rekord oshishiga olib keldi | Zamon.uz