O'zbekiston

Islom sivilizatsiyasi markazi Avitsenna mukofotiga sazovor bo‘ldi

Mukofot Fransiyaning Parij shahrida tantanali ravishda topshirilgan.

Islom sivilizatsiyasi markazi Avitsenna mukofotiga sazovor bo‘ldi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Evropa nufuzli mukofotlaridan biri — Prix Avicenne 2025 (Avitsenna mukofoti 2025)ga sazovor bo‘ldi. Tantanali marosim Parijda, Fransiya Milliy tibbiyot akademiyasi binosida bo‘lib o‘tdi, u yerda yetakchi olimlar, tib tarixchilari, sharqshunoslar, islom merosi bo‘yicha mutaxassislar va Evropa madaniy muassasalari vakillari yig‘ildi. Rasmiy yig‘ilish davomida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga buyuk Avitsenna yodgorlik haykalchasi va mukofot diplomi topshirilishi eʼlon qilindi.

 

Fransuz ilmiy jamoasi alohida taʼkidlaganidek, O‘zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan Markaz faoliyati — inson tarixidagi buyuk olimlardan biri Ibn Sinoning merosini o‘rganishda zamonaviy yondashuvning namunaviy misoli bo‘ldi. Akademiya qarori bilan O‘zbekiston bugun nafaqat o‘zining madaniy-ilmiy o‘tmishiga g‘amxo‘rlik qilayotganini, balki jahon gumanitar fanlariga ham salmoqli hissa qo‘shib, yangi keng ko‘lamli loyihalarni, tadqiqot standartlarini, restavratsiya, kataloglash va islom intellektual merosini targ‘ib etishni ilgari surayotganini taʼkidladi. 

 

Akademiya mutaxassislari olib borilayotgan ishlar hajmini yuqori baholadi: Markaz Avitsennaning eng nodir qo‘lyozma asarlarini qayta tikladi, eng yirik ixtisoslashtirilgan arxivlar va elektron kataloglar yaratmoqda, «Tib ilmi qonuni» qo‘lyozmalarini solishtiruvchi xalqaro ilmiy loyihalar olib bormoqda, tibbiyotga oid ilmiy asarlarni tiklash yo‘nalishlarini rivojlantirmoqda, Markazda Markaziy Osiyo buyuk mutakallimlarining jahon fanlariga qo‘shgan hissasiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyalar tashkil etilmoqda. Fransuz olimlari fikriga ko‘ra, Markazda yaratilgan ekspozitsiya Avitsenna merosini o‘rganish va tadqiq qilishni yangi bosqichga olib chiqib, O‘zbekistonni ushbu sohada yetakchi maydonga aylantirmoqda.

 

Islom sivilizatsiyasi markazi direktori va O‘zbekiston madaniy merosini saqlash, o‘rganish va targ‘ib qilish bo‘yicha Jahon jamiyati raisi Firdavs Abduxalikov mukofotni qabul qilar ekan shunday dedi:

 

«Ushbu mukofot — hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning keng qamrovli faoliyatiga xalqaro eʼtirofning yana bir yorqin tasdig‘i bo‘lib xizmat qiladi. Prezidentimiz Islom sivilizatsiyasi markazini yaratish tashabbuskori sifatida faoliyat yuritgan — bu noyob mualliflik ilmiy-madaniy mega-loyiha bo‘lib, Sharqning buyuk mutafakkirlarining asl intellektual merosini dunyoga keng targ‘ib qilishga qaratilgan.

 

Prix Avicenne — bu markazning ilmiy va taʼlimiy mazmunini shakllantirayotgan yuzlab milliy va xorijiy olimlar, tadqiqotchilar, tarjimonlar va ekspertlarning mehnatiga yuqori hurmat va munosib baho. Ushbu mukofot shuningdek, Markaziy Osiyoning global ilmiy tafakkur rivojidagi tarixiy roliga jahon hamjamiyatining chuqur hurmatini ramziy ifodalaydi.

 

Biz bundan keyin ham xalqaro tadqiqotlarni kengaytirishni, ilmiy aloqalarni mustahkamlashni va Avitsenna hamda yurtimizning barcha buyuk mutafakkirlarining merosiga bag‘ishlangan ishlarni davom ettiramiz».

 

Fransiyaning yetakchi ilmiy tashkilotlari tomonidan taʼsis etilgan Prix Avicenne mukofoti gumanitar va tabiiy fanlarda ko‘rsatilgan muhim yutuqlar hamda tarixiy va ilmiy merosni saqlash va targ‘ib etishga qo‘shilgan hissa uchun beriladi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Islom sivilizatsiyasi markazi Avitsenna mukofotiga sazovor bo‘ldi | Zamon.uz