O'zbekiston

Maxsus komissiya tomonidan havoni ifloslantiruvchi manbalarni aniqlash bo‘yicha reydlar davom etmoqda

Sovuq antisiklon va inversiya sharoitida havoni tozalash choralariga e’tibor kuchaygan.

Maxsus komissiya tomonidan havoni ifloslantiruvchi manbalarni aniqlash bo‘yicha reydlar davom etmoqda

Maxsus komissiya ishchi guruhlari tomonidan 24–29-noyabr kunlari atmosferani ifloslantirayotgan manbalarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha keng ko‘lamli reydlar o‘tkazildi. Komissiya vakili Ikrom Tagayevning ma’lum qilishicha, O‘zbekistanda so‘nggi kunlarda sovuq antisiklon ta’siri kuchayib, 5 dekabrgacha davom etishi kutilmoqda. Ushbu jarayon atmosfera bosimining oshishi, haroratning pasayishi, ertalabki tumanlar va inversiya tufayli havodagi chang va tutun zarralarining past qatlamlarda to‘planishiga olib kelmoqda.

 

Reydlar davomida issiqxonalar, qurilish obyektlari va avtotransport vositalari bo‘yicha ko‘plab qonunbuzarliklar aniqlandi. Jami 1 788 ta issiqxona tekshirilib, 73 tasining faoliyati to‘xtatildi, 621 nafar shaxsga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Qurilish sohasida esa 530 dan ortiq noqonuniy obyekt qayd etilib, 40 tasi vaqtincha to‘xtatildi. Atmosferani ifloslantirish bo‘yicha 215 kishi javobgarlikka tortildi. Ko‘plab qurilish maydonlariga suv purkagichlar o‘rnatildi.

 

Avtotransport yo‘nalishida ham qat’iy choralar ko‘rildi: yukni ochiq tashigan 1 959 nafar haydovchi va me’yoridan ortiq zararli tashlama qilgan 239 nafar haydovchi jarimaga tortildi. Yo‘l qoidalarini buzish va yo‘l qoplamasini ifloslantirish bilan bog‘liq jami 10 mingdan ortiq holatda ma’muriy choralar ko‘rildi. Shuningdek, shahar bo‘ylab 183 ta ko‘cha, 165 ta jamoat joyi namlantirildi, ariqlar tozalandi, 126 ta favvora ishga tushirildi.

 

Mutasaddilarga ko‘ra, amalga oshirilgan choralar qisqa muddatda havoning ifloslanish darajasini pasaytirgan bo‘lsa-da, sovuq antisiklon tufayli inversiya jarayoni hanuz kuchayib turibdi. Shu sabab, havoning tabiiy tozalangan sur’ati sekinlashgan. Maxsus komissiya atmosferaga zarar yetkazayotgan manbalarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha tunu-kun kuchaytirilgan nazoratni davom ettirmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Maxsus komissiya tomonidan havoni ifloslantiruvchi manbalarni aniqlash bo‘yicha reydlar davom etmoqda | Zamon.uz