O'zbekiston

Navoiyda ham ekologiya inspektori kaltaklandi

Brakonyerlar qo‘lga tushmaslik uchun o‘zlariga yordam sifatida Buxoro viloyatidan jinoiy guruhlarga mansub shaxslarni chaqirgan.

Navoiyda ham ekologiya inspektori kaltaklandi

 

Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida noqonuniy ov bilan shug‘ullanib yurgan bir guruh brakonyerlar viloyat ekologiya boshqarmasi tezkor guruhi xodimi I.Xo‘jayevning qonuniy talablariga bo‘ysunmay, unga nisbatan kuch ishlatgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, brakonyerlar qo‘lga tushmaslik uchun o‘zlariga yordam sifatida Buxoro viloyatidan jinoiy guruhlarga mansub shaxslarni chaqirgan va ularning ko‘magi bilan voqea joyidan yashiringan.

 

Navoiy viloyati IIB tomonidan holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borildi. Videodagi shaxslarning barchasi aniqlanib, Ichki ishlar bo‘limiga olib kelindi.

 

Tekshiruv davomida Buxoro viloyatidan kelgan 5 nafar fuqaro “To‘dako‘l” suv havzasi hududida noqonuniy ov qilgani, ekologiya boshqarmasi inspektorining to‘xtash haqidagi qonuniy talablariga bo‘ysunmagani va unga kuch ishlatgani ma’lum bo‘ldi.

 

Avtomashina yukxonasini ko‘zdan kechirish chog‘ida 1 dona yovvoyi quyon, 2 dona yovvoyi o‘rdak hamda saqlash uchun ruxsatnomasi mavjud bo‘lgan 4 dona ov quroli aniqlanib hujjatlashtirildi.

 

Hozirda Qiziltepa tumani IIB tomonidan barcha zarur ekspertizalar tayinlangan bo‘lib, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Avvalroq ekoenspektroni kaltaklagan Buvayda hokimi o‘rinbosari ishdan odingani haqida xabar berilgan edi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.