O'zbekiston

Nurafshonda hokim yordamchisi 2 ming dollar pora bilan ushlandi

U avval ham bir necha bor sudlangan.

Nurafshonda hokim yordamchisi 2 ming dollar pora bilan ushlandi

 

Nurafshon shahridagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birida faoliyat yuritgan hokim yordamchisi Toshkent shahrida yashovchi fuqaro­ga mansabdor tanishlari orqali Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmasiga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan. U ushbu “xizmati” evaziga 2 ming AQSh dollari miqdorida pul talab qilgan.

 

Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida hokim yordamchisi so‘ralgan pulni tanishlari orqali olayotgan vaqtida qo‘lga olingan va uning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yilgan.

 

Aniqlanishicha, ushbu shaxs avval ham bir necha bor sudlangan bo‘lsa-da, qilgan qilmishlaridan tegishli xulosa chiqarmagan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi hamda 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

 

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Toshkentda sud qaroridan norozi erkak daraxtga chiqib oldi

U pastga tushirilgach, Oliy sud raisi tomonidan qabul qilinib,murojaati belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun rasmiylashtirilgan.

custom img

“Tashabbusli byudjet”da 47 ta loyiha qo‘shimcha g‘olib deb topildi

Mazkur loyihalar uchun mahalliy byudjetning qo‘shimcha mablag‘laridan jami 18,2 mlrd so‘m ajratildi.

custom img

O‘zbekistonda poyezdlar kechiksa, yo‘lovchilarga kompensatsiya to‘lanadi

Yo‘lovchilardan poyezdlar belgilangan jadvaldan kech kelishi, manzilga kech yetib borishi haqida shikoyatlar kelib tushgan.

custom img

Toshkent va Sirdaryoda “Umra” ziyorati bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Haydovchilar uchun jarima ballari bo‘yicha imtiyozlar borligi aytildi

Haydovchi 12 oy davomida umuman jarima ballari olmasa, keyingi birinchi qoidabuzarlik uchun jarima ballari qo‘llanilmaydi.

custom img

Qashqadaryoda 9 mingdan ortiq fuqaroning uy-joyiga egalik huquqi tan olindi

Bugungi kunga qadar 100 mingdan ortiq ko‘chmas mulk obyektlari xatlovdan o‘tkazilgan.

custom img

“Mening bog‘im” dasturi doirasida har bir loyihaga  400 million so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi

Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbirida ishtirok etdi.

custom img

Toshkentda Qurilish vazirligi bosh mutaxassisi pora bilan ushlandi

U Yunusoboddagi uylarni boshqa boshqaruv kompaniyasiga o‘tkazib berish evaziga 2200 dollar talab qilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"