O'zbekiston

O‘zbekistonda sovuq antisiklon ta’siri 5-dekabrgacha davom etishi mumkin

Sovuq antisiklon ta’siri kuchaygani bois havo ifloslanishi oshgan. Maxsus komissiya Toshkent va viloyatlarda 24–28-noyabr kunlari o‘tkazilgan keng ko‘lamli ekologik reydlar natijalarini e’lon qildi.

O‘zbekistonda sovuq antisiklon ta’siri 5-dekabrgacha davom etishi mumkin

 

O‘zbekistonda so‘nggi kunlarda sovuq antisiklon ta’sirining kuchayishi kuzatilmoqda. Maxsus komissiya ma’lumotiga ko‘ra, ushbu ob-havo jarayoni 5-dekabrgacha davom etishi prognoz qilinmoqda.

 

29-noyabrdan boshlab sovuq antisiklonning faollashuvi natijasida atmosfera bosimi oshib, kunduzlari biroz iliq, kechalari esa sovuq ob-havo shakllanmoqda. Sovuq antisiklonlarga xos bo‘lgan ertalabki tumanlar va uzoq muddatli inversiya sababli havodagi chang, tutun va mayda dispers zarrachalar miqdorining oshishi kuzatilmoqda. Mazkur jarayon havoning past qatlamlarida ifloslantiruvchi moddalar to‘planib qolishiga olib keladi.

 

Shu bilan birga, so‘nggi kunlarda atmosfera sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi manbalarni kamaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgani qayd etildi. Maxsus komissiya tomonidan Toshkent shahri va viloyatida ifloslanish manbalarini aniqlash va bartaraf etish maqsadida kuchaytirilgan reydlar o‘tkazildi.

 

24–28-noyabr kunlari amalga oshirilgan tadbirlar natijasida;

 

  • jami 1 449 ta issiqxona o‘rganildi;
  • 67 ta issiqxona faoliyati vaqtincha to‘xtatildi;
  • 403 nafar shaxsga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi;
  • 19 ta xo‘jalikka gazga ulanish bo‘yicha texnik shartlar berildi.

 

Qurilish obyektlari bo‘yicha:

 

  • Toshkent shahrida 53 ta noqonuniy qurilish aniqlangan bo‘lib ulardan 34 tasining faoliyati to‘xtatilgan;
  • Atmosferaning ifloslanishi bo‘yicha 186 ta holat qayd etilib,188 nafar shaxs javobgarlikka tortilgan;
  • 51 ta qurilish obyektiga suv purkagich o‘rnatilgan.

 

Avtotransport bo‘yicha:

 

  • Yukni ochiq tashigan 837 ta haydovchi jarimaga tortildi;
  • Atmosferaga me’yoridan ortiq zarar yetkazgan 206 nafar haydovchi javobgarlikka tortildi.

 

Qo‘shimcha ekologik tadbirlar:

 

  • Shahar bo‘ylab 77 ta ko‘cha va 165 ta jamoat joyi namlantirildi;
  • 121 km ariqlar tozalandi;
  • 126 ta favvora ishga tushirildi;
  • Toshkent viloyati daryolarida noqonuniy qum–shag‘al qazib olish bo‘yicha 54 ta holat aniqlandi.

 

Maxsus komissiya ma’lumotiga ko‘ra, ushbu kompleks choralar havo sifati ko‘rsatkichlarida ijobiy dinamika kuzatilishiga xizmat qilmoqda. Jumladan, PM2.5 zarracha konsentratsiyasi:

 

  • 24-noyabr — 171 mkg/m³,
  • 25-noyabr — 152 mkg/m³,
  • 26-noyabr — 140 mkg/m³,
  • 27-noyabr — 111 mkg/m³,
  • 28-noyabr — 97 mkg/m³ gacha pasaygan.

 

Shu bilan birga, sovuq antisiklon ta’sirida inversiya jarayonining kuchayishi sababli havoda mayda zarrachalarning to‘planib qolish holati saqlanib turibdi. Bu tabiiy meteorologik jarayon bo‘lib, havoning tabiiy tozalanish tezligini pasaytiradi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekistonda sovuq antisiklon ta’siri 5-dekabrgacha davom etishi mumkin | Zamon.uz