Jahon

Venger tarjimoni Putinning so‘zlarini noto‘g‘ri tarjima qildi

Orban—Putin uchrashuvida tarjimon Ukraina bo‘yicha mulohazalarni yumshatgan, savdo statistikasi haqida aytilgan gaplarni esa o‘tkazib yuborgan.

Venger tarjimoni Putinning so‘zlarini noto‘g‘ri tarjima qildi

 

Kremlda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida sinxron tarjima jarayonida bir qator noaniqliklar kuzatildi. Bu haqda Vengriyaning Telex nashri xabar berdi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, venger tarjimoni ayrim iboralarni yumshatgan holda yoki mazmunini o‘zgartirib tarjima qilgan, ayrim gaplar esa umuman aytilmagan. Jumladan, Prezident Putinning “Ukraina bo‘yicha pozitsiyangiz muvozanatli ekanini bilamiz” degan so‘zlari tarjimada “xalqaro siyosat sizga ta’sir qilishi tabiiy” tarzida talqin qilingan.

 

Shuningdek, ikki tomonlama savdo aylanmasidagi 23 foizlik kamayish va uning sabablari haqida Rossiya rahbari tomonidan aytilgan izoh tarjimada keltirilmagan. Xalqaro masalalar bo‘yicha pozitsiyalarning farqlanishi haqidagi fikr ham “xalqaro hamkorligimiz yaxshi” deb noto‘g‘ri ifodalangan.

 

Vengriya hukmron partiyasi Fidesh vakili, parlament a’zosi Tamas Mentser tarjimon xatosini “inson omili” bilan izohladi.

 

“Tarjimon ayrim jumlalarni noto‘g‘ri eshitgan bo‘lishi mumkin. Bunday holatlar har kimning boshidan o‘tadi. U bu sohadagi eng tajribali mutaxassislardan biridir”, — dedi Mentser.

 

Eslatib o‘tamiz, Viktor Orban 28-noyabr kuni Moskvaga rasmiy tashrif buyurib, Rossiya Prezidenti bilan to‘rt soatlik muzokara o‘tkazdi. Tomonlar Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralarining istiqbollari, xalqaro vaziyat va ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. Orban uchrashuvni samara­li deb baholadi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Venger tarjimoni Putinning so‘zlarini noto‘g‘ri tarjima qildi | Zamon.uz