O'zbekiston

Toshkent viloyatida 5 ta korxonaning chiqindi uchun asossiz 8,8 mlrd so‘m undirgani fosh etildi

250 ming isteʼmolchiga noto‘g‘ri qo‘llangan chiqindi to‘lovlari qayta hisoblab beriladi.

Toshkent viloyatida 5 ta korxonaning chiqindi uchun asossiz 8,8 mlrd so‘m undirgani fosh etildi

Raqobat qo‘mitasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan maishiy chiqindi tashish xizmatlari bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida bir qator korxonalar tomonidan isteʼmolchilarga ko‘rsatilgan xizmatlarda jiddiy kamchiliklar aniqlangan.

 

Tekshiruv davomida ayrim xonadonlardan chiqindi umuman olib ketilmagan bo‘lsada, ularga muntazam ravishda to‘lovlar hisoblangani, shuningdek xizmat ko‘rsatish sifati belgilangan mezonlarga javob bermagani maʼlum bo‘ldi.

 

Hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan 5 ta MCHJga nisbatan “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun talablarining buzilgani yuzasidan ish qo‘zg‘atildi.

 

O‘rganish yakuniga ko‘ra, 250 mingga yaqin isteʼmolchiga 8,8 milliard so‘mdan ortiq asossiz undirilgan mablag‘larni qayta hisob-kitob qilib berish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Shuningdek, aniqlangan qonunbuzilishlarni bartaraf etish hamda kelgusida bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

 

Qo‘mita respublikaning barcha hududlarida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan tizimli o‘rganishlarni davom ettirmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.