O'zbekiston

“Men ko’rmoqchiman, nimalar qilyapsizlar, qanaqa natijalarga erishyapsizlar” — Saida Mirziyoyeva Ekologiya milliy qo’mitasida bo'ldi

Prezident Administratsiyasi rahbariga Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov hamda Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov ekologik barqarorlikni nazorat qilish maqsadida yaratilgan axborot texnologiyalari tizimlarini taqdimot qildi.

“Men ko’rmoqchiman, nimalar qilyapsizlar, qanaqa natijalarga erishyapsizlar” — Saida Mirziyoyeva Ekologiya milliy qo’mitasida bo'ldi

 

1-dekabr kuni Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasida tashkil etilgan situatsion markaz faoliyatini ko‘zdan kechirdi. Tashrif Maxsus komissiya yig‘ilishidan avval amalga oshirildi.

 

Tadbir davomida Prezidentning ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi – milliy qo‘mita raisi Aziz Abduhakimov hamda Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov ekologik barqarorlikni monitoring qilishga xizmat qiluvchi axborot tizimlari bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi.

 

Xususan, ko‘chalarda chiqindi tashlash holatlarini real vaqt rejimida aniqlovchi onlayn kuzatuv kameralarining ishlash tamoyili namoyish etildi. Shuningdek, issiqlik elektr stansiyalari va qozonxonalardagi gaz bosimini doimiy kuzatib borish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan tizimning ahamiyati haqida ma’lumot berildi. Ushbu tizim gaz bosimi pasaygan holatlarda mazut yoqilishining oldini olishga xizmat qiladi.

 

Uchrashuvda Saida Mirziyoyeva ekologik vaziyatni yaxshilash borasidagi amaliy natijalar muhimligini ta’kidlab, barcha mas’ul tashkilotlarni faol hamkorlikka chaqirdi.

 

“Men ko’rmoqchiman, sizlar nimalar qilyapsizlar, qanaqa natijalarga erishyapsizlar. Mayli, bugun havo yaxshi bo’libdi, sal-pal yaxshi bo’libdi. Balki shamol kelgandir, men ishonmayman sizlarga hozir, 1 kunda nimadir qildik desangiz. Ahvolni ko’ryapman-ku, shuncha yildan buyon qaramaganmiz”, — dedi Saida Mirziyoyeva.

 

Ekologik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha monitoring tizimlarini takomillashtirish, real vaqt kuzatuv mexanizmlarini keng joriy etish va nazorat choralarini kuchaytirish ishlari davom ettirilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Men ko’rmoqchiman, nimalar qilyapsizlar, qanaqa natijalarga erishyapsizlar” — Saida Mirziyoyeva Ekologiya milliy qo’mitasida bo'ldi | Zamon.uz