O'zbekiston

O'zbekistonda ilk bor Prezident Olimpiadasi o‘tkazildi

Davlat rahbari yosh chempionlarni tabriklab, ularning yutuqlarini Yangi O‘zbekiston salohiyatining yorqin isboti sifatida e’tirof etdi.

O'zbekistonda ilk bor Prezident Olimpiadasi o‘tkazildi

Bugun mamlakatimizda birinchi bor o‘tkazilgan Prezident Olimpiadasining tantanali yopilish marosimi o‘tkazildi. Tadbir davomida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning musobaqa g‘oliblari, sovrindorlari va barcha ishtirokchilarga yo'llagan tabrigini Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘qib eshittirdi. Qutlovda yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishi va iqtidorini qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlandi.

 

Prezident tabrigida qayd etilishicha, saralash bosqichlarida qatnashgan 100 mingdan ortiq yoshlar orasidan finalga qadar yetib kelgan qariyb 3 ming nafar iqtidorli sportchilarning bellashuvlarini butun xalq katta hayajon va qiziqish bilan kuzatgan. Yangi rekordlar va g‘alabalar yosh avlodning olimpiya darajasidagi salohiyati yuksalayotganidan dalolat beradi.

 

Tadbirda yosh chempionlarning iroda, matonat va mahorati alohida e’tirof etilib, kelgusida ular O‘zbekiston bayrog‘ini xalqaro arenalarda yanada baland ko‘tarishiga ishonch bildirildi. Bu yutuqlar yoshlar uchun yangi ilhom manbai, sportchilar uchun esa katta mas’uliyat ekani qayd etildi.

 

Shuningdek, saralash va final bosqichlarini yuqori saviyada tashkil etgan hudud rahbarlari, vazirlik va idoralar, sport federatsiyalari, o‘quv muassasalari jamoalari, volontyorlar va sport muxlislariga minnatdorlik bildirildi. Prezident sportchilarga kelgusi musobaqalarda yanada yorqin g‘alabalar tiladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O'zbekistonda ilk bor Prezident Olimpiadasi o‘tkazildi | Zamon.uz