Jahon

Putin va Uitkoffning Ukraina masalasidagi 5 soatlik uchrashuvi hech narsani hal qimadi

Rossiya prezidenti Vashington tomonidan taqdim etilgan bir qator takliflarga nisbatan tanqidiy va salbiy munosabat bildirgan.

Putin va Uitkoffning Ukraina masalasidagi 5 soatlik uchrashuvi hech narsani hal qimadi

 

Kremlda Rossiya va AQSH o‘rtasida Ukrainadagi mojaro yechimi bo‘yicha navbatdagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Rossiya OAV xabariga ko‘ra, uchrashuv qariyb besh soat davom etgan.

 

Muzokaralarda Rossiya tomonidan prezident Vladimir Putin, uning yordamchisi Yuriy Ushakov hamda prezidentning maxsus vakili Kirill Dmitriyev ishtirok etdi. AQSH delegatsiyasini esa prezidentning maxsus vakili Stiv Uitkoff va Donald Trampning kuyovi Jared Kushner boshqardi.

 

Yuriy Ushakovning ma’lum qilishicha, Vladimir Putin Vashington tomonidan taqdim etilgan bir qator takliflarga nisbatan tanqidiy va salbiy munosabat bildirgan. Muzokaralar davomida “aniq hududiy masalalar” ham muhokama qilingan.

 

“Hozircha tomonlar o‘rtasida murosali variant topilmadi. Shunga qaramay, amerikaliklar bildirgan ayrim takliflar mutlaqo rad etiladigan darajada emas, ular muhokamaga loyiq. Biroq bizga mos kelmaydigan ifodalar ham bor. Muzokara davom etadi”, — dedi Ushakov.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv “foydali, konstruktiv va mazmunli” ruhda o‘tgan. Jurnalistlarning “muzokaralardan so‘ng tinchlik yaqinlashdimi yoki uzoqlashdimi?” degan savoliga Ushakov: “Anig‘i — uzoqlashmadi. Ammo ham Vashington, ham Moskva tomonida hali juda katta ishlar oldinda turibdi”, — deya javob berdi.

 

Uchrashuv to‘liq yopiq va maxfiy shaklda o‘tkazilgani, muzokaralarning asosiy mazmuni oshkor etilmasligi aytildi. AQSH delegatsiyasi Putin bilan bo‘lgan uchrashuv natijalarini Donald Trampga shaxsan yetkazadi, shundan so‘ng ehtimol telefon orqali Moskva bilan yana muloqot davom ettiriladi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Putin va Uitkoffning Ukraina masalasidagi 5 soatlik uchrashuvi hech narsani hal qimadi | Zamon.uz