O'zbekiston

Toshkentda 17 kg sintetik giyohvandlik vositalarini tarqatmoqchi bo‘lgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

32 yoshli shaxs boshqaruvidagi “Cobalt” avtomobilidan 83 gramm “mefedron” aniqlangan.

Toshkentda 17 kg sintetik giyohvandlik vositalarini tarqatmoqchi bo‘lgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Toshkent shahrida sintetik giyohvandlik vositalarini keng miqyosda tarqatishni rejalashtirgan jinoiy guruh fosh etildi. Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida dastlab 32 yoshli shaxs boshqaruvidagi “Cobalt” avtomobilidan 83 gramm “mefedron” aniqlangan. Shundan so‘ng amaliyot davom ettirilib, Yunusobod tumanida 18 yoshli uch nafar shaxs qo‘lga olindi.

 

Ularni tekshirish chog‘ida sumkalardan 730 dona qadoqlangan “mefedron”, shuningdek, ular ijarada yashagan xonadonlardan 354 dona bo‘lakka o‘ralgan “Alfa PVP” va 500 gramm “mefedron” topildi. Tezkor surishtiruv davomida ushbu guruhning asosiy ombor mudiri ham aniqlanib, u va turmush o‘rtog‘ining yashash manzilida katta hajmdagi giyohvand moddalar musodara qilindi.

 

Mazkur xonadondan 4 kg 200 gramm “Alfa PVP” hamda 9 kg “mefedron” chiqarib olindi. Mutasaddi organlarning ta’kidlashicha, jami 17 kilogramm, ya’ni bir martalik 85 ming dozaga teng sintetik giyohvandlik vositalarining tarqatilishiga chek qo‘yilgan.

 

Ushbu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchilarga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan bo‘lib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda 17 kg sintetik giyohvandlik vositalarini tarqatmoqchi bo‘lgan jinoiy guruh qo‘lga olindi | Zamon.uz