O'zbekiston

Toshkentda intellektual transport tizimi bo‘yicha pilot loyiha yo‘lga qo‘yiladi

Yagona boshqaruv markazi tirbandliklarni oldindan aniqlab, svetoforlarni avtomatik boshqaradi.

Toshkentda intellektual transport tizimi bo‘yicha pilot loyiha yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent shahrida yo‘l harakatini boshqarishni zamonaviylashtirish va tirbandliklarning oldini olish maqsadida intellektual transport tizimi (ITS) joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 dekabr kuni mazkur yo‘nalishdagi taqdimot bilan tanishib, tizimning poytaxtdagi pilot bosqichini ishga tushirishni ma’qulladi.

 

Taklif etilgan loyiha doirasida shahar uchun yagona yo‘l harakatini boshqarish markazi tashkil etiladi. Markaz kamera, datchik va GPS qurilmalaridan olingan ma’lumotlarni yig‘ib, sun’iy intellekt yordamida tahlil qiladi. Bu tizim tirbandliklar statistikasi va prognozini shakllantirish, marshrutlarni optimallashtirish, shuningdek, svetofor fazalarini real vaqtda avtomatik o‘zgartirish imkonini beradi.

 

Ushbu yondashuv joriy etilgach, transport oqimining o‘rtacha harakat vaqti sezilarli darajada qisqarishi, favqulodda xizmatlarning yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lgan joyga tez yetib borishi, asosiy yo‘nalishlardagi tirbandliklar kamayishi kutilmoqda. Shuningdek, tizim shaxsiy harakatlanish vositalaridan foydalanishni rag‘batlantirish hamda elektr transporti infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qiladi.

 

Prezident loyihaning poytaxtdagi pilot bosqichini joriy yilning o‘zida ishga tushirishni topshirdi. Keyingi bosqichlarda tizimni kengaytirish hamda 2030 yilga qadar uni barcha hududlar bilan integratsiya qilish rejalashtirilmoqda.

custom img

“Mutlaqo xavfsiz”, “nojo‘ya taʼsiri yo‘q”: Raqobat qo‘mitasi tibbiy xizmatlar reklamasi bo‘yicha ogohlantirdi

Qo‘mita tibbiy xizmatlar reklamasida davolash natijasini kafolatlash, mutlaq xavfsizlikni vaʼda qilish yoki qarshi ko‘rsatmalarni inkor etishga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.

custom img

Pul, telefon va soatlarni zo‘rlik bilan tortib olishdi: Namanganda 7 nafar talaba ushlandi

Texnikum talabalari 4 nafar tengdoshining buyumlarini ochiqdan-ochiq zo‘rlik ishlatib tortib oldi.

custom img

Bog‘cha bolalari xavfsizligiga beparvolik: haydovchi ushlandi

Haydovchi Damas‘da 16 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgani aniqlangan.

custom img

1,293 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari: “Dubay–Toshkent” reysida noqonuniy yuk aniqlandi

O‘zbekistonga kirib kelgan fuqaroning yukidan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 921,37 gramm zargarlik buyumlari va 3 dona oltin quyma topilgan.

custom img

18 mln dan ortiq firibgarlik operatsiyasi: banklarda 461 mlrd so‘mlik mablag‘ chiqib ketishining oldi olindi

Banklardagi antifrod tizimlarining 6 oylik natijalarni e’lon qilindi.

custom img

Omonatdagi pulni o‘zlashtirish: Toshkentda bank mas’ullariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tijorat banki mas’ullari fuqaro nomidan qalbaki hujjatlar rasmiylashtirib, uning omonatidagi 300 ming dollarni o‘zlashtirgan.

custom img

25 va 50 foiz: talabalar uchun kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

Qo‘shimcha muddat bakalavriat va magistraturaga tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan hamda qayta tiklangan talabalarga tegishli.

custom img

5 milliard so‘mlik zarar: xalqaro qidiruvdagi shaxs Turkiyada qo‘lga olindi

Mazkur shaxs ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"