O'zbekiston

O‘zbekistonda havo sifatini yaxshilash uchun 900 mlrd so‘m yo‘naltiriladi

Mablag‘lar korxonalarda filtratsiya tizimlarini modernizatsiya qilish va havo sifatini yaxshilashga sarflanadi.

O‘zbekistonda havo sifatini yaxshilash uchun 900 mlrd so‘m yo‘naltiriladi

 

2025-yilda O‘zbekistonda atmosfera havosini muhofaza qilish va ekologik vaziyatni yaxshilashga doir loyihalarni moliyalashtirish uchun 900 milliard so‘m ajratilishi rejalashtirilmoqda. Mablag‘lar sanoat korxonalarida filtratsiya va tozalash tizimlarini modernizatsiya qilish, shuningdek, ekologik dasturlarni kengaytirishga sarflanadi.

 

Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga yo‘llangan deputatlik so‘roviga javoban ma’lum qildi.

 

Qonunchilik palatasidagi muhokama davomida 2026-yil davlat budjetida ekologiya yo‘nalishidagi loyihalar moliyaviy ta’minoti masalalari ham ko‘rib chiqildi. Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Jusipbek Kazbekovning qayd etishicha, kelasi yilda byudjet qo‘shimcha daromadlari hisobidan yana 548 milliard so‘m ajratilishi rejalashtirilgan.

 

Mazkur chora-tadbirlar sanoat chiqindilarining zararini kamaytirish, havoning ifloslanish darajasini pasaytirish va aholining sog‘lom yashash sharoitlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekistonda havo sifatini yaxshilash uchun 900 mlrd so‘m yo‘naltiriladi | Zamon.uz