O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryodagi “Bo‘ston” mahallasidagi obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi

Mahallada issiqlik ta’minotini yaxshilash maqsadida 18 milliard so‘m mablag‘ hisobidan zamonaviy qozonxona va 3,3 kilometr issiqlik tarmog‘i barpo etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryodagi “Bo‘ston” mahallasidagi obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi

 

Mahalla joriy yilda “obod mahalla” dasturi asosida rekonstruksiya qilindi. Hududdagi ko‘p qavatli uylar kapital ta’mirlanib, atrofi yangi ko‘rinishga keltirildi. Mahalla markazining zamonaviy binosi foydalanishga topshirildi.

 

Prezident avvalo mahalla faollari, nuroniylar va yoshlar bilan ochiq muloqot qildi. Unda past bo‘g‘in muammolarini o‘z vaqtida hal etish, mahallalarning obodligini ta’minlash va aholining farovonligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar natijalari Sirdaryoda ham yaqqol ko‘zga tashlanayotgani ta’kidlandi.

 

Mahalla – jamiyatimizning yuzi. Hayotimizdagi barcha o‘zgarishlar avvalo shu yerda aks etadi. Bugun ko‘p muammolarga yechim aynan mahallaning o‘zida topilmoqda. Bu tizimni yana-da takomillashtiramiz, – dedi Prezident.

 

Issiqlik ta’minotini yaxshilash maqsadida 18 milliard so‘m mablag‘ hisobidan zamonaviy qozonxona va 3,3 kilometr issiqlik tarmog‘i barpo etildi. Ko‘p qavatli uylarga 23 ta individual issiqlik punktlari o‘rnatildi. Mahalliy budjet hisobidan 800 xonadonga ega 20 ta uy ichki issiqlik tizimlari yangilandi, 1 ta bog‘cha markazlashgan issiqlik va issiq suv bilan ta’minlandi.

 

Yangi qozonxona qo‘shimcha qulaylik yaratish bilan birga, yiliga 144 ming kilovatt-soat elektr energiyasi hamda 627 ming kub metr gaz tejalishini ta’minlaydi.

 

Davlat rahbari bu boradagi ishlarni tizimli davom ettirish, qurilish va ekspluatatsiyada zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

 

Uchrashuv davomida “yettilik” vakillari va nuroniylar bilan mahalla hayotidagi o‘zgarishlar yuzasidan suhbat bo‘lib o‘tdi.

 

Sirdaryo viloyatida infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha qabul qilingan qaror doirasida 215 ta ko‘p qavatli uy qamrab olingan manzilli ro‘yxat shakllantirilgan. Dastur asosida tom va fasadlarni ta’mirlash, issiqlik ta’minotini yaxshilash, muhandislik tarmoqlarini modernizatsiya qilish hamda atrof muhitni obodonlashtirish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryodagi “Bo‘ston” mahallasidagi obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi | Zamon.uz